Xitoy bundan keyin ham Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligi va hududiy yaxlitligi himoya qilinişini qat’iy qöllab-quvvatlaşda davom etadi. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Tsin Gan bayonot berdi. Uning sözlarini Reuters keltirdi. 

«Xitoy, har doimgidek, Markaziy Osiyo davlatlarining milliy suvereniteti, mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilinişini qat’iy qöllab-quvvatlaydi», dedi Tsin Gan. 

Vazir Xitoy şimoli-ğarbidagi Sian şahrida Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Özbekiston va Turkmanistondan kelgan hamkasblari bilan bölgan uçraşuvda şu haqda bayonot bergan. 

«Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarining milliy şaroitlarini inobatga olgan holda öz rivojlaniş yölini tanlaşini qat’iy qöllab-quvvatlaydi», dedi Tsin Gan va ularning içki işlariga har qanday taşqi aralaşuvga qarşi ekanini qöşimça qildi. 

Şuningdek, vazir BMT va ŞHT orqali Markaziy Osiyoning beş respublikasi bilan aloqa va hamkorlikni mustahkamlaşga va’da berdi. 

21 aprel kuni Xitoyning Fransiyadagi elçisi Lu Şay LCI telekanaliga bergan intervyusida sobiq SSSR davlatlari suverenitetini şubha ostiga olgan va bu şov-şuvga sabab bölgan edi. 

24 aprel kuni Xitoy Taşqi işlar vazirligi Lu Şay sözlaridan özini çetga oldi. Pekinning Parijdagi elçixonasi Luning izohlari «siyosiy deklaratsiya emas, balki uning şaxsiy qaraşlari ifodasi» ekani haqida bayonot berdi.