Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Irqiy kamsitişlarga barham beriş qömitasi Rossiya qöşinlari va yollanma guruhlarini Ukrainadagi janglar paytida inson huquqlarini jiddiy buzganlikda aybladi. 28 aprel, juma kuni e’lon qilingan hisobotida qömita boşqa qonunbuzarliklar qatorida özboşimçalik bilan hibsga oliş, qatl qiliş, qiynoqlar, zörlaş va bolalarni öğirlaş kabi holatlarni ham tilga olgan.

Şu bilan birga, BMT qömitasi Rossiyada irqiy nafrat qözğatilişi va ukrainaliklar haqidagi stereotiplarning tarqalişidan xavotir bildirdi. Bunday harakatlar, ayniqsa, davlat radio va televideniyesida, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, bundan taşqari, ular jamoat arboblari va hukumat amaldorlari tomonidan sodir etilgan, deb xabar beradi AFP agentligi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, şuningdek, rossiyalik huquq himoyaçilarining Moskva va boşqa yirik şaharlarda norozilik oldini oliş uçun Rossiya hukumati safarbarligida asosiy e’tibor Rossiyaning çekka hududlaridagi etnik ozçiliklarga qaratilgani haqidagi da’volarini ham örganmoqda.