Vazirlar Mahkamasining "Agrar va oziq-ovqat sohalari uçun subsidiyalar ajratiş tizimini takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Özbekiston qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan strategiyasini amalga oşiriş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş (Muvofiqlaştiruvçi kengaş) huzurida agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalaş böyiça respublika komissiyasi taşkil etiladi (Respublika komissiyasi) va uning tarkibi tasdiqlanadi.

Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalaşning ustuvor yönalişlarini belgilaş, şu jumladan samaradorligi past bölgan subsidiya turlarini bekor qiliş va uning yangi turlarini joriy qiliş böyiça takliflar tayyorlaş;
  • tasdiqlangan dasturlar va “yöl xaritalari”ning ijrosi böyiça mas’ul vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari, tijorat banklari rahbarlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi Raisi va viloyatlar hokimlarining hisobotlarini oliş va tahlil qiliş, umumlaştirilgan ma’lumotlarni Muvofiqlaştiruvçi kengaşga kiritiş.

Qişloq xöjaligi vazirligi vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida agrar va oziq-ovqat sohalari uçun ajratilayotgan subsidiyalarni monitoring qiliş va baholaş tizimini joriy etadi.

Bunda:

  • agrar sohaning barça yönalişlariga ajratilayotgan subsidiyalar töğrisida ma’lumotlarni töplaş;
  • davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarni tahlil qiliş va ulardan samarali foydalaniş, natijadorlik va samaradorlik körsatkiçlarini baholaş böyiça hisobotlar tayyorlaş;
  • kelgusida davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning istiqbolli yönalişlarini belgilaş böyiça ilmiy asoslangan takliflar işlab çiqiş;
  • işlab çiqilgan takliflar va hisobotlarni respublika komissiyasiga kiritib boriş nazarda tutiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi “Agrosubsidiya” axborot tizimida ma’lumotlar bilan almaşiş uçun Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat imtiyozlari yagona elektron platformasi (subsidiya.mf.uz) va UzASBO dasturiy majmuasi bilan özaro integratsiyalaşuvini amalga oşiradi.

Belgilab qöyilişiça: