Toshkent xalqaro investitsiya forumida 4 ta elektr stansiyasini qurish bo‘yicha uchta mamlakat kompaniyalari bilan bitimlar imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Kelishuvlarga ko‘ra, Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi Jizzax viloyatida quvvati 400 MW bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini quradi. Bitim qiymati – 30 mln dollar.
Qayd etish lozim, Cengiz Enerji bungacha Toshkent viloyatining Qibray tumanida 240 MW, Sirdaryoning Hovos tumanida 220 MW quvvatlik IESlarni qurib foydalanishga topshirgan edi. Kompaniya, shuningdek, Sirdaryoda 450 MW quvvatlik yana bir IES qurishni reja qilgan.

Toshkent investforumi doirasida Xitoyning China Gezhouba Group Overseas Investment kompaniyasi bilan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha ham bitimlar imzolandi. Biri Buxoro viloyatida, ikkinchisi Qashqadaryoda quriladigan FESlarning har biri 500 MW quvvatga ega bo‘ladi. Loyihalar qiymati 500 mln dollardan baholanmoqda.
Gezhouba Group ayni paytda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida quvvati 700 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini ham amalga oshirmoqda. Loyihaning 1-bosqichi quvvatlari (100 MVt) 2023 yil oxirigacha ishga tushirilishi
















