Markaziy Osiyo xalqaro institutida “Özbekiston – Germaniya – hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida xalqaro konferensiya ötkazildi. Tadbir Şavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga bölajak rasmiy taşrifiga bağişlandi.
Iştirokçilar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi Özbekiston-Germaniya hamkorligining sönggi yillarda erişilgan natijalari va ikki tomonlama munosabatlarning keyingi istiqbollari yuzasidan fikr almaşdi.
Xalqaro anjumanda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov Germaniya Özbekistonning asosiy va vaqt sinovidan ötgan, işonçli hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi.

“Bugungi kunda Germaniya Özbekistonning eng yirik beşta savdo va investitsiya hamkorlari qatoriga kiradi. 30 yil içida birinçi marta Özbekiston va Germaniya örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi bir milliard dollardan oşdi.
Özbekistonda nemis biznesining uluşi ösib boryapti, şunga mos ravişda özlaştirilgan nemis investitsiyalari hajmi ikki baravar - 700 million dollardan 1,5 milliard dollargaça köpaygan.
Germaniya barça hamkorlarimiz orasida Özbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qiliş uçun zarur bölgan zamonaviy maşina va uskunalarning eng yirik yetkazib beruvçisi hisoblanadi.
Bularning barçasi Özbekistonning barqaror rivojlanişi va uning iqtisodiyotini diversifikatsiyalaşga muhim hissa bölib qöşilmoqda” – dedi Eldor Aripov
Tadbirda Germaniyaning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Tilo Klinner ham iştirok etdi. U tadbir doirasida Germaniya va Özbekiston hamkorligining fundamental masalalarini muhokama qiliş imkoni yaratilganidan mamnunligini bildirdi.

“Bugun dunyo köp jihatdan özgardi, bizda yangi masalalar bor. Xususan, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan kelib çiqqan geostrategik muammolar mavjud. Bundan taşqari iqlim özgarişi kabi uzoq muddatli muammolar ham bor.
















