Yevropa Ittifoqi kengaşi 28 aprel, juma kuni Moldovani beqarorlaştiriş harakatlari uçun yangi sanksiyalar rejimini ma’qulladi. U Moldova suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvçi harakatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan çeklov çoralarini qöllaş imkonini beradi. Bryussel bunday xatti-harakatlarga misol sifatida demokratik siyosiy jarayonga, jumladan, saylovlar ötkazişga tösqinlik qilişga yoki konstitutsiyaviy tuzumni ağdarişga urinişlarni, şu jumladan zöravonliklarni keltirdi.

Sanksiyalar aktivlarni muzlatişni öz içiga oladi. Bundan taşqari, jazo çoralariga tuşib qolganlarning Yevropa Ittifoqiga kirişi taqiqlanadi.

Moldovani beqarorlaştirişga urinişlar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri sezilarli darajada tezlaşdi va Yevropa Ittifoqining taşqi çegaralarida barqarorlik va xavfsizlikka bevosita tahdid solmoqda, deyiladi Yevropa Ittifoqi kengaşida. Yangi sanksiyalar rejimi Bryusseldan Kişinyovni qöllab-quvvatlaşning muhim siyosiy signalidir, dedi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel.