Germaniya çempionligi uçun öyindan oldin olib borilgan tintuv prokurorlarning «Bavariya»ni emas, balki «Borussiya» muxlisi ekanini anglatadi, deyiladi matbuot xizmat xabarida. Uning bayonotini Forbes keltirdi.
Şu bilan birga, matbuot xizmati Myunxendagi «Alyans Arena» stadioni va «Bavariya» futbol klubi qarorgohida ötkazilgan tintuvlarni «Germaniya prokuraturasining haddan taşqari munosabati» misoli deb atadi.
28 aprel kuni Germaniyaning Bild naşri Federal jinoyat politsiyasi boşqarmasi tergovçilari va mahalliy politsiya xodimlari Usmonov işi böyiça Myunxenda tintuv ötkazganini yozgan edi. Milliarder Germaniyada soliq tölaşdan böyin tovlaş va pul yuvişda gumon qilinmoqda.
Tergovçilar pul yuviş işi böyiça dalil qidirgan, deb yozdi gazeta. Tintuvlar natijasida ular dalil topa oldimi yoki yöqmi, noma’lum.
«Usmonov heç qaçon Germaniya qonunlarini buzmagan, uning mablağlarining kelib çiqişi mutlaqo şaffof, Germaniyada uning ta’qibi oçiq siyosiydir», deb ta’kidladi uning matbuot xizmati.
Usmonovni «Bavariya» bilan faqat «futbolga bölgan muhabbati va bu buyuk klubga bölgan hurmati» boğlab turadi. Uning «Bavariya» öyinlarini tomoşa qiliş uçun borgani pul yuvişda iştirok etganini isbotlaydi degan fikrlar kulgili», deb qöşimça qildi matbuot xizmati.
2022 yil kuzida nemis politsiyasi Usmonovning Germaniyadagi villasida reyd ötkazdi. Tintuv Tegernze köli qirğoğidagi Rottax-Egern kurort şaharçasida joylaşgan villada bölib ötgan. Usmonov 2022 yil 28 fevral kuni boşqa bir qança rossiyalik milliarderlar qatorida Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uçragan edi.
Reuters agentligining xabar berişiça, sanksiyalarning çetlab ötilişi böyiça olib borilayotgan suriştiruvdan qat’i nazar, nemis tergovçilari pul yuviş holatlarini ham tekşirmoqda. Ikkinçi tergovni Frankfurt prokuraturasi ötkazyapti. Uning ma’lumotlariga köra, rossiyalik tadbirkorlardan biri (uning nomi keltirilmagan) 2017-2022 yillar oraliğida millionlab yevroga teng bölgan bir qança operatsiyalar orqali pul kelib çiqişini yaşiriş uçun «kompaniyalar va korporatsiyalarning keng va murakkab tarmoğidan» foydalangan.
Öz navbatida, Germaniyaning Spiegel jurnali xabariga köra, Myunxen soliq idorasi Usmonovni soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda gumon qilmoqda. Uni nemis soliq tölovçisi deb hisoblayapti, çunki u 2014 yildan buyon asosan Tegernze kölidagi villasida yoki Myunxenda istiqomat qilgan. Gap 555 million yevro miqdoridagi soliq haqida ketmoqda.

















