Foto: Bekobod tuman aholisi ham siyosiy jarayonda faol ishtirok etmoqda
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 46 ta referendum uchastkasi tashkil etilgan. Tumanda qariyb 97 ming nafar fuqaro konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda mazkur jarayonda ovoz berishi kutilmoqda.

Bekobodliklar ham bugungi siyosiy tadbirda faol ishtirok etishmoqda. Referendum uchastkalari ertalabdan ovoz beruvchilar bilan gavjum bo‘ldi. Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmagan fuqarolar oila a’zolari bilan kelib, ovoz berishdi. Tumanda 1 870 nafar yosh birinchi bor ovoz bermoqda.
Bugungi referendumda fuqarolarda o‘zgacha faollik kuzatilyapti: ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqaro borki, referendum uchastkasiga o‘zi kelmoqda. Bu jamiyatimizda huquqiy savodxonlik va yurt ertasiga bo‘lgan daxldorlik hissi ortib borayotganidan darak. Bekobodliklar ham referendumda ana shunday faollik bilan qatnashmoqda.
Tumanda ovoz beruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Fuqarolarga qulay bo‘lishi uchun referendum uchastkalariga maxsus texnikalar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Tumandagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy uchun bojlarni 145 foizgacha oshirdi
Jahon | 11:15
-
Buyuk Britaniya Putin ustidan tribunalni qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 11:13
-
Saida Mirziyoyeva animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 11:11
-
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida "Farg‘ona vodiysining oltin sayyohlik halqasi" yaratiladi
O‘zbekiston | 11:06
Mavzuga oid

10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi

09:13 / 14.02.2025
Bekobodda tabiatga 100 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi

11:10 / 01.11.2024