Navoiy viloyati Karmana tumanidagi qattiq maişiy çiqindilar joylaştiriş poligonida yonğin sodir böldi.
Tabiat resurslari vazirligi viloyat boşqarmasi xabariga köra, örganiş davomida «Berejlivost» MÇJga qaraşli çiqindi poligonida yonğin kelib çiqqani va buning oqibatida hudud atmosferasida tutun hosil bölgani aniqlangan.
Şuningdek, Karmana tumani çiqindi yiğiş hududida hamda Navoiy şahri hududida atmosferaga taşlanadigan ifloslantiruvçi moddalar miqdorini aniqlaş maqsadida atmosfera havosining belgilangan me’yor darajasini aniqlaş uçun tun-u kun muntazam ravişda monitoring va nazorat işlari olib borilgan.
Viloyat hokimligi, Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boşqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda tegişli taşkilotlarning 30 ta maxsus texnika yordamida Karmana tumani hududidagi «Berejlivost» mas’uliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli qattiq maişiy çiqindilarni joylaştiriş poligonidagi yonğin töliq bartaraf etilgan.

















