Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Reşetnikov uning mamlakatida özbekistonlik mehnat muhojirlari soni keskin oşganini iddao qildi.
“Oxirgi 7 yilda Rossiyaga işlaş uçun kelgan Özbekiston fuqarolari soni 4 baravar oşdi”, dedi u Toşkentda bölib ötgan xalqaro investitsiya forumida.
Özbekiston Bandlik vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi bu ma’lumot notöğri ekanini ta’kidlab çiqdi.
“Özbekistonlik mehnat migrantlarining asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi hissasiga töğri kelsa-da, ammo xabarlarda ta’kidlanayotgandek sönggi 7 yilda uşbu davlatga ketayotgan yurtdoşlarimiz soni 4 barobar oşmagan.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, Rossiya Federatsiyasida vaqtinça mehnat faoliyatini olib borayotgan özbekistonlik migrantlar soni 2016 yilda taxminan 2 million nafar bölgan bölsa, hozirgi vaqtda bu 1,5 million nafarga yaqinni taşkil etadi”, – deyiladi agentlik axborotida.
Migratsiya agentligiga köra, oxirgi yillarda mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytiriş, xususan, xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni dunyoning rivojlangan davlatlariga manzilli işlarga jalb qiliş böyiça qator natijalarga erişilgan.
“Jumladan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Yevropaning boşqa mamlakatlarida quriliş, işlab çiqariş, tibbiyot va xizmat körsatiş sohalarining turli yönalişlarida işçilarga talab yuqori. Bugungi kunda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va 33 ta davlatning 500 ga yaqin iş beruvçi taşkilotlari örtasida kelişuvlar mavjud”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
Iqtisodçi Otabek Bakirov Rossiya tomoni tarqatgan axborotdan maqsad propaganda va Özbekistonga bosim ötkaziş deb hisoblaşini aytdi.
“Agar Reşetnikovga işonilsa, Özbekistonda odam qolmagan, hamma Rossiyaga mardikorçilikka ketgan. Avval ham köp bora ta’kidlaganimizdek, bugungi Rossiyaning imperiyaça va şovinistik mafkurasi hatto fuqarolarning mamlakatlar örtasida harakatlanişida ham özining kasal xohişlarini ifoda etadi. Vergul va abzatslar orqali öqilsa, ularning işoralari aniq va osmondan olingan bu raqamlardan maqsadi ham tayin. Ya’nikim, biz [göyoki] Rossiyaga qarammiz, uzib bölmas darajada boğliqmiz, özimizni bilib, ularning qoş-qovoğiga qarab iş tutişimiz kerak”, – deya yozdi u.

















