Turkiya razvedkasi Suriyada IŞID terrorçilik guruhi yetakçisi Abu al-Husayn al-Qurayşiyni yöq qildi. Bu haqda 30 aprel, yakşanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan TRK Turk telekanali efirida aytib ötdi.

Şuningdek, u özining Twitter mikroblogida IŞID yetakçisining yöq qilinişi haqida yozgan. U yerda Erdöğan operatsiya 29 aprel kuni bölib ötganiga aniqlik kiritdi, biroq öldirilgan jangari nomini aytmadi.

Ayni vaqtda, Reuters agentligi Suriya razvedka idoralariga tayanib xabar berişiça, reyd Suriya şimoli-ğarbidagi Jandaris şahrida amalga oşirilgan.

IŞIDning sobiq rahbari Abu al-Hasan al-Hoşimiy al-Qurayşiy edi. AQŞ Mudofaa vazirligi 2022 yil 30 noyabrda u öldirilgani haqida e’lon qildi. Öşanda Pentagon xabarida aytilişiça, jangari Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlangan Ozod Suriya armiyasi (OSA) tomonidan mamlakat janubida uyuştirilgan amaliyotda öldirilgan.