Germaniya – Özbekiston mustaqilligini 1991 yil 31 dekabrda tan olgan va 1992 yil 6 mart kuni mamlakatimiz bilan diplomatik aloqalarni örnatgan davlat. Ötgan davr mobaynida Germaniyaga tört va Özbekistonga 3 marotaba oliy darajadagi rasmiy taşriflar amalga oşirilgan. Şuningdek, 2-3 may kunlari prezident Şavkat Mirziyoyevning Germaniyaga navbatdagi taşrifi kutilmoqda. Kun.uz Özbekiston va Germaniya munosabatlari xronologiyasi haqida ma’lumot beradi.
Oliy darajadagi taşriflar
Jami 7 ta oliy darajadagi taşriflar Germaniyaga 1993, 1995, 2001 va 2019 yillarda, Özbekistonga esa 1995, 2002 va 2019 yillarda amalga oşirilgan. Hamda 2021 yil 12 mart kuni Özbekiston prezidentining Germaniya kansleri Angela Merkel bilan videokonferensaloqa orqali muzokaralari bölib ötgan.
Telefon muloqotlari
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2021 yil 17 va 30 avgust hamda 2022 yil 14 mart, 29 avgustda Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer, şuningdek, 2021 yil 18 avgustda kansler Angela Merkel bilan qönğiroqlaşgan – jami 5 ta telefon orqali muloqot.
Özaro manfaatli munosabatlar natijasida ikki davlat örtasidagi hukumatlar, parlamentlar va işbilarmonlar aro hamkorliklar ham yildan yilga faollaşib borgan.
Ma’lumot uçun, Özbekiston va Germaniya örtasida jami 145 ta şartnoma imzolangan bölib, şundan 92 tasi davlatlararo va hukumatlararo, 20 tasi idoralararo va 33 tasi boşqa xususiyatga ega.
Özaro tovar aylanmasi va investitsiyalar
Birgina 2021 yilda Germaniyadan özlaştirilgan investitsiyalar hajmi 1,1 milliard dollarni (+37,5 foiz) taşkil etib, ular neft-gaz va farmatsevtika sanoati, quriliş materiallari işlab çiqariş loyihalarini amalga oşirişga yönaltirilgan. 2022 yil yakuniga köra, bu körsatkiç 769,1 million dollarni taşkil qildi.



Özbekistonda Germaniya sarmoyasi iştirokida 219 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 97 tasi yakka tartibdagi tadbirkordir. 31 ta nemis kompaniyasining vakolatxonalari akkreditatsiyadan ötgan.
















