Şu yilning 4 may kunidan oçiladigan “Aleksandr Makedonskiydan Kuşonlar imperiyasigaça” nomli körgazma Berlinga kelgan sayyohlar uçun 2024 yilning 14 yanvarigaça oçiq böladi.
Bundan avval şunga öxşaş körgazma ötgan yilning noyabr oyidan 2023 yilning fevraliga qadar Parijdagi Luvr muzeyida ham namoyiş etilgan. 3 oy davomida Luvrga taşrif buyurgan qariyb 300 ming mehmon Özbekiston tarixi haqida ma’lumotga ega bölgan hamda madaniy merosimizga katta qiziqiş bildirgan.
Berlin körgazmasi esa uzoqroq muddat, ya’ni 8 oy davom etadi. Uşbu körgazma Parijda namoyiş etilganidan biroz farq qiladi va bu Özbekiston arxeologik xazinalarining oxirgi tarğiboti emas.
“Berlindagi körgazma eramizdan avvalgi 4-asrdan eramizning 4-asrigaça bölgan davrni öz içiga oladi. Bu körgazmada Makedonskiydan Kuşonlar imperiyasigaça bölgan davr çuqurroq körsatilgan. Dunyoning oldi muzeylaridan ham uşbu körgazmani ötkaziş borasida juda köp takliflar tuşmoqda. Masalan, Niderlandiya va AQŞ muzeylaridan”, — deydi Madaniyat va rivojlantiriş jamğarmasi hamkorlik boşqarma boşliği Bobur Sayomov.
Markaziy Osiyoda joylaşgan Özbekiston tarixi yevropaliklar uçun qançalik qiziq? Bu boradagi kutilmalar qanday? Körgazma oldi prognozlar haqida mutaxassis öz fikrlari bilan bölişdi.
“Germaniya prezidenti janob Ştaynmayerning 2019 yil Özbekistonga qilgan davlat taşrifi davomida mamlakatingiz prezidenti bilan turli sohalardagi hamkorlikka erişilgandi. Siz bugun körib turgan körgazma hozirliklari ham şu kelişuvlarning biri bölgan madaniy sohadagi hamkorlik natijasidir.
Aslida bu harakatlar biroz ertaroq 2018 yilda boşlangandi va biz körgazma taşkil qiliş haqida öyladik. Şundan söng Özbekiston haqida qanday körgazma taşkil qilinsa, yevropaliklar uçun qiziq böladi, degan keyingi savol ham turardi. Yunon hukmdori Aleksandr Makedonskiyning miloddan avvalgi 4-asrda hozirgi Özbekiston hududida bölgani va Kuşon imperiyasi davri buddaviylik dini madaniyati Yevropa uçun qiziq mavzular. Şu uçun ham mana şu davrni öz içiga olgan körgazmalarni taşkil etişni maqsad qildik.
Özbekiston madaniy merosining bir qismi Germaniya tarixiga ham yaqin. Bu Makedonskiy şaxsi bilan boğliq. Ma’lumki, u öz yurişlarining sönggi yillarida hozirgi Surxondaryo viloyati hududidan ötgan. Özbekiston hududi Yevropa, Xitoy va Hindiston madaniyatlarini uyğunlaştira olgan madaniy markaz bölgani sababli ham köpçilik uçun bu körgazma qiziq böladi”, — dedi Berlin davlat muzeylari ilmiy loyihalari böyiça mutaxassis
















