Qozoğiston poytaxti Ostona şahri politsiyasi davlatlararo qidiruvda bölgan Özbekistonning uç fuqarosini qölga oldi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
2022 yilda Rossiyada qidiruvga berilgan 20 yoşli yigit Moskva şahridagi savdo uylaridan birida öğirlik sodir etgan.
Şuningdek, çegarani noqonuniy kesib ötgan 36 yoşli erkak va 2020 yilda firibgarlikda ayblangan 43 yoşli erkak ham uşlangan.
Hibsga olinganlarning barçasi Ostona şahri vaqtinçalik saqlaş hibsxonasiga qamalgan.
Ularni ekstraditsiya qiliş masalasi hal qilinmoqda.

















