Samarqandda özini huquqni himoya qiluvçi idora xodimi deb taniştirgan şaxs uşlangan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2023 yil 18 aprel kuni Iştixon tumanida yaşovçi 62 yoşli I.B. IIBga ariza bilan murojaat qilib, özini qörqitib tovlamaçilik qilgan şaxsga qonuniy çora körişni söragan.

Arizaçiga köra, 18 aprel kuni noma’lum şaxs Iştixon tumani tibbiyot birlaşmasi “Şoşilinç xirurgiya” bölimida navbatçilik qilib turgan şifokor I.B.ning oldiga borib, özini Samarqand viloyati Korrupsiyaga qarşi kuraş bölimi xodimi deb taniştirgan.

Söng qölida şifokor fuqarolarni davolagani evaziga moddiy manfaatdor bölib kelgani haqida yetarli dalillar mavjudligini aytib, tegişli tartibda çora köriş bilan qörqitib, undan 2000 AQŞ dollarini tovlamaçilik yöli bilan qölga kiritgan.

Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida özini Samarqand viloyati Korrupsiyaga qarşi kuraş bölimi xodimi deb taniştirgan şaxs aslida Iştixon tumanida yaşovçi, Samarqand şahrida joylaşgan mahallalarning birida işlovçi 28 yoşli R.S. ekani aniqlanib, undan 2000 dollar aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Iştixon tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.