Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, şu kunlarda viloyatda Içki işlar organlari şaxsiy tarkibi örtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilişini ta’minlaş maqsadida «Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti» şiori ostida «Intizom oyligi» ötkazilmoqda.
Oylik doirasida Ma’naviy-ma’rifiy işlar va kadrlar bilan ta’minlaş xizmati xodimlari patrullik tekşiruv tadbirlarini olib borişlari davomida, Bulunğur tumanining Mehrjon mahallasi hududida fuqaro I.N. içki işlar organlari xodimlarining kiyimida yurgani aniqlangan.
Ötkazilgan suhbat davomida ayol formani Samarqand şahrida joylaşgan çevarxonalarning biridan sotib olganligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Urgut tumanida joylaşgan muntazam YPX maskanida ötkazilgan tadbirda içki işlar organlari xodimlarining soxta guvohnomasi bilan yurgan şaxs uşlangandi.

















