1982 yilda Andijon viloyatida tuğilgan fuqaro Boş prokuraturaning soxta xizmat guvohnomasi bilan turli joylarda firibgarlik holatlarini sodir etib kelayotgani haqida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ma’lumot kelib tuşgan. Toşkent şahar IIBB va DXXning Toşkent şahar boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan maxsus tadbirda soxta xodim qölga olingan.
Soxta prokuror poytaxtning Bektemir tumani Husayn Boyqaro va Bektemir köçalari kesişmasida svetoforning qizil çiroğiga böysunmasdan, yölida davom etadi. Uşbu qoidabuzarlik sababli soxta xodim boşqaruvidagi qora rangli Malibu avtomobili YPX xodimlari tomonidan töxtatiladi.

“Qizil çiroqda harakatlanib kelayotgan haydovçini töxtatganimda, u menga nisbatan qöpol muomalada böldi. Avtoulovning oldi yon oynalari qoraytirilgani uçun elektron planşet orqali tekşirib kördim va buning uçun ruxsatnoma çiqmadi. Avtoulov işonçnomasi boşqarilayotgani aniqlandi. Haydovçi özini Boş prokuratura xodimiman, deb taniştirdi. Xizmat guvohnomasini körsatdi, “polkovnik”ligini va xizmatga şoşayotganini aytdi. Tegişli me’yoriy hujjatlar mavjud bölmagani uçun maşina vaqtinçalik jarima maydoniga qöyildi”, deydi qoidabuzarlik holati böyiça ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirgan YPX xodimi.
Tezkor tadbir davomida qölgan olingan şaxsning yonidan u Boş prokuraturaning Içki işlar organlarida qonunçilik ijrosi ustidan nazorat bölimi boşliği, adliya katta maslahatçisi ekani qayd etilgan soxta xizmat guvohnomasi topilgan. Qonunbuzar uşbu guvohnomani 2021 yilning iyun oyida Umar ismli tanişi Özbekiston boş prokurori imzosi va muhrini soxtalaştirib, yasab berganini ma’lum qilgan.

“Umar ismli şaxs bilan tanişib qoldim. U Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida hujjatlar bilan şuğullanişini aytib qoldi. Men undan organ xodimlariga tegişli bölgan hujjatni tayyorlaş qölidan keliş-kelmasligini söradim. Unga telefon raqamimni qoldirgandim, menga qönğiroq qilib, prokuraturaning hujjatini yasab beriş imkoniyati borligini aytdi. Men suratga tuşib, unga berdim. Uç kundan keyin menga “Boş prokuratura xodimi” degan soxta hujjat tayyorlab berdi. U hujjatni asosan YPX xodimlariga körsatib keldim. Qilgan işimdan qattiq puşaymonman”, deydi qonunbuzar.

















