Heç qayerda işlamaydigan M.A. boşqa fuqaroga özini Departamentning Yangiyer şahar bölimi xodimi sifatida taniştiradi. Sekin-asta uning işonçiga kirgan firibgar 1000 dollar evaziga uni ham özi işlaydigan muassasaga işga joylaştirib qöyişini aytadi.
U 15 aprel kuni özi söragan pulning 600 dollarini qölga kiritadi. 20 aprel kuni qolgan 400 dollarni ham olayotgan vaqtida Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş departamentining şaxsiy xavfsizlik bölimi hamda Sirdaryo viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda aşyoviy dalillar bilan uşlanadi.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq Samarqandda soxta içki işlar xodimasi, Sirdaryoda soxta prokuror qölga olingandi.
Bundan taşqari, Samarqand va Andijonda soxta IIB xodimi, Sirdaryoda prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining soxta xodimi, Buxoro Milliy gvardiyaning soxta xodimi, Samarqandda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining soxta xodimi, soxta öt öçiruvçilar

















