Sudan armiyasi rahbariyati va unga qarşi bölgan Tezkor harakat kuçlari 4-11 may kunlari yetti kunlik otaşkesimga kelişib oldi. Bu haqda Janubiy Sudan taşqi işlar vazirligining 2 may, seşanba kuni tarqatgan bayonotida aytiladi.
Kelişuvga Janubiy Sudan prezidenti Salva Kiir mintaqaviy taşkilot - Hukumatlararo taraqqiyot agentligi (IGAD) vakili sifatida vositaçi sifatida qatnaşganidan bir neça kun ötib erişilgan.
Tezlik bilan yomonlaşayotgan humanitar vaziyat mojaroning keskinligini pasaytirişni zudlik bilan zaruratga aylantirmoqda, deyiladi bayonotda. 15 aprelda harbiy harakatlar boşlanganidan beri 72 soatlik otaşkesim bir neça bor kelişilgan, biroq natijada köplab qonunbuzarliklar qayd etilgan.
Ötgan hafta oxirida Soğliqni saqlaş vazirligi töqnaşuvlarda 530 ga yaqin kişi halok bölgani va 4600 ga yaqin odam yaralanganini ma’lum qildi. Biroq, haqiqiy körsatkiçlar ança yuqori bölişi mumkin, deydi ekspertlar.
Şu bilan birga, BMT Xalqaro migratsiya taşkiloti zöravonliklarning yangi avj olişi boşlanganidan beri Sudanda kamida 334 000 kişi içki köçirilganini ma’lum qildi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibining Sudan böyiça maxsus vakili Folker Pertesning 1 may kuni aytişiça, Sudandagi mojaro tomonlari öz vakillarini Saudiya Arabistonida böladigan muzokaralarga yuborişga kelişib olgan.

















