Yevropa komissiyasi Yevropa kengaşining 20 martdagi qaroriga muvofiq öq-dorilar işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş töğrisidagi qarorni (ASAP) tasdiqladi.
Uning maqsadi - Ukrainani artilleriya snaryadlari va raketalari bilan ta’minlaş, şuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning arsenallarini töldirişdir.
Qaror Yevropa Ittifoqining işlab çiqariş quvvatini oşiriş va Yevropa mamlakatlarida öq-dorilar va raketalar, şuningdek, ularning butlovçi qismlarining hozirgi taqçilligi muammosini hal qilişga qaratilgan.
“Yevropada yuqori şiddatli mojarolar qayta boşlangani munosabati bilan, bu mahsulotlarning yetarli miqdorda öz vaqtida sotilişi bizning xavfsizligimiz va Ukrainani qöllab-quvvatlaş borasidagi davomiy sa’y-harakatlarimiz uçun juda muhim”, — deyiladi Yevropa komissiyasi öz veb-saytida e’lon qilingan bayonotda.
Bryussel bu maqsadda turli manbalar, jumladan, Yevropa mudofaa jamğarmasi mablağlarini qayta taqsimlaş orqali 500 million yevro ajratişni taklif qildi.

















