Berlin ma’muriy sudi 4 may, payşanba kuni Germaniya sobiq kansleri Gerhard Şryoderning Bundestagga da’vosini körib çiqişni boşladi, u bir yil avval Şryoderni maxsus huquq va imtiyozlarning bir qismi, jumladan ofis va xodimlardan mahrum qilgan. Şikoyat böyiça qaror şu kuni qabul qilinişi mumkin, dedi sud vakili Ştefan Groskurt. 

Sud majlisida da’vogarning özi iştirok etmayapti. Şryoderning advokati Mixael Nagel ta’kidlaşiça, sobiq federal kanslerni imtiyozlaridan mahrum qiliş noqonuniydir. 

Bunday jarayon Germaniya tarixida birinçi bölib, fundamental ahamiyatga ega. Ştefan Groskurtga köra, bu bilan sudlar allaqaçon şakllangan davlat amaliyotini sinovdan ötkazmoqda. Köp yillar davomida Germaniya hukumatlarining sobiq rahbarlari va sobiq federal prezidentlar, öz vakolatlari tugagandan söng, bir neçta xodimlarga ega bölgan öz ofislariga ega bölişgan va butun umri davomida undan foydalangan.

2022 yil may oyida Germaniya hukumati sotsial-demokratlar, «yaşillar» va erkin demokratlar koalitsiyasi uşbu tizimni qayta özgartirdi. Sobiq kanslerlarning maxsus xavfsizligi endi maqom bilan oqlanmaydi, balki ular özlarining avvalgi lavozimlari bilan boğliq vazifalarni, masalan, omma oldida nutq sözlaş yoki turli taşkilot va taşabbuslarga homiylik qiliş kabi vazifalarni bajarişiga boğliq. Şryoder endi bunday majburiyatlarni bajarmaydi, bu Bundestagning budjet qömitasida körib çiqildi va şu asosda ular sobiq kanslerni nafaqa va xavfsizlikni saqlab qolgan holda ofis va xodimlardan mahrum qildi. Avgust oyida Gerhard Şryoder uşbu qaror ustidan sudga şikoyat qilgan. 

Ommaviy axborot vositalarining hisob-kitoblariga köra, Şryoderning xodimlariga xarajat yiliga 400 ming yevroni taşkil qilgan. Ötgan yili uning kabinetida beş nafar xodim işlagan va idora rahbari oyiga 10 ming yevrodan ortiq maoş olgan. 2022 yil mart oyida ayrim xodimlar sobiq kanslerning Rossiya haqidagi pozitsiyasiga norozilik sifatida u bilan işlaşdan boş tortdi.