«Mamlakatimiz xavfsizligi va tinçligini, xalqimiz osoyiştaligini saqlaşda zamonaviy qurollangan milliy armiyani şakllantiriş va Qurolli Kuçlar tizimi muhim örin tutadi», — dedi Özbekiston boş prokurori örinbosari Botir Qudratxöjayev.
Hujjat bilan «Prokuratura töğrisida»gi qonunga Harbiy prokuratura organlarining Özbekiston Qurolli kuçlari tizimida qonunçilik hujjatlariga sözsiz rioya etilişi ustidan nazoratni kuçaytirişga, şuningdek, harbiy prokuratura organlariga xodimlarni harbiy xizmatga qabul qiliş, lavozimidan ozod etiş hamda ularga harbiy unvonlar berişga doir qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinişi Özbekiston Qurolli kuçlari tizimida qonuniylikni ta’minlaşga, şu jumladan Qurolli kuçlar tizimida mamlakat xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlaşga doir qonunçilik hujjatlariga sözsiz rioya etilişini, budjet mablağlari va davlat mulkini talon-toroj qiliş holatlarining oldi olinişiga hamda harbiy prokuratura organlarining mustaqilligini ta’minlaşga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalardan söng hujjat deputatlar tomonidan qabul qilindi.

















