3 may kuni Qirğizistonning Jogorku Keneşi «Qirğiziston hukumati va Özbekiston hukumati örtasida fuqarolarning özaro sayohati töğrisida 2006 yil 3 oktyabrdagi Bitimga özgartirişlar kiritiş haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonun loyihasini uç öqişda qabul qildi. Kelişuv 2023 yil 27 yanvarda Bişkek şahrida imzolangan edi. 

Bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi bayonnomada fuqarolarning ikki davlat hududiga kiriş, çiqiş, tranzit orqali boriş, harakatlaniş va böliş hujjatlari röyxatini yangilaş nazarda tutilgan. 

Xususan, Qirğiziston tomoni kelişuvni «ID-karta» sözlari bilan töldirdi. Şu bilan birga, hujjatdan «tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma» sözlari olib taşlandi. 

Qirğizistondan fuqarolarni noqonuniy olib çiqib ketiş xavfini kamaytiriş maqsadida, 16 yoşgaça bölgan bolalarning tuğilganlik töğrisidagi guvohnomasidagi ilova Qirğiziston hududiga kiriş va undan çiqiş huquqini beruvçi hujjat sifatida muomaladan çiqarildi. 

Öz navbatida, Özbekiston tomoni kelişuvning 2-ilovasiga özgartirişlar kiritdi va tuğilganlik töğrisidagi guvohnomaga tegişli band çiqarib taşlandi. 

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni Qirğiziston bilan çegarani ID-karta orqali kesib ötiş töğrisidagi şartnomani ratifikatsiya qiliş töğrisidagi hujjatni imzolagan edi.