
Rossiya armiyasi 3 may tongida Xerson oblastini yoppasiga öqqa tutişi oqibatida, sönggi ma’lumotlarga köra 21 kişi halok bölib, 48 kişi yaralangan, bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xabar berdi.
Barça halok bölganlar va jarohatlanganlar tinç aholi vakillari.
«Temiryöl vokzali va çorraha, uy, quriliş mahsulotlari dökoni, oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan supermarket, avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasi — bilasizmi, bu joylarni nima birlaştiradi? Rossiya öz snaryadlari bilan tinç aholi vakillarini öldirib qoldirgan qonli izlar», — degan Zelenskiy.
Ukraina boş prokurori ofisi 3 may tongida Rossiya qöşinlari Xerson şahri va oblastni yoppasiga öqqa tuta boşlagani, tartibsiz öqqa tutiş va snaryadlar oblast markazidagi fuqarolik infratuzilmalariga kelib tuşişi oqibatida odamlar halok bölgani, önlab kişilar turli darajadagi tan jarohatlari olgani haqida xabar bergandi.

Şuningdek, Darevskaya qişloği rossiyaliklar tomonidan öqqa tutilişi oqibatida ham bir kişi halok bölgan.
Kunduzi Stepanovka va Muzikovka qişloqlari oraliğida elektr tarmoqlarini tuzatiş bilan maşğul bölgan energetiklar brigadasi rossiyaliklar öqlari ostida qolgan. Xabar qilinişiça, bu hujum oqibatida energetika korxonasining uç xodimi halok bölgan.
Ukraina Boş prokuraturasi uruş qonunlari va urf-odatlarini buziş moddasi böyiça sudgaça tergov boşlagan.
Ukraina hukumati çorşanba kuni Xersonda 58 soat muddatga har qanday harakat töxtatilişi haqida e’lon qilgandi. Hudud rahbari Oleksandr Prokudinning ma’lum qilişiça, komendantlik soati 5 may kuni keçqurundan 8 may tongiga qadar amal qiladi.
«Bu 58 soat mobaynida şahar köçalarida böliş va harakatlaniş taqiqlanadi. Şuningdek, şaharga kiriş va çiqiş yöllari yopiladi», deya e’lon qilgan Prokudin. Oblast ma’muriyati rahbari bu huquq-tartibot organlari faoliyatiga yordam beriş uçun körilayotgan çora ekanini ma’lum qilgan.
- Rossiya Ukrainaga keng kölamli bosqinning boşida Xersonni egallab olgan edi. 2022 yil noyabr oyida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu rus qöşinlariga şahardan Dniproning çap sohiliga çekinişni buyurdi. Çekinişdan köp ötmay, rossiyaliklar şaharni muntazam ravişda öqqa tuta boşladi.

















