Anqarada Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik taşkiloti Parlament assambleyasi (PABSEC) yiğilişida Ukraina va Rossiya delegatsiyasi a’zolari örtasida mojaro kelib çiqdi. Bu haqda Turkiyaning Anadolu agentligi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, Rossiya Davlat Dumasi deputati Olga Timofeyeva nutqi davomida Ukraina delegatsiyasi a’zolari uning orqasida öz bayroğini kötarişga urinib, aksilrossiya şiorlar aytişni boşlagan. 

Rossiya delegatsiyasi a’zolari ukrainaliklarni töxtatmoqçi bölganida janjal kelib çiqqan. Assambleyaga raislik qilgan Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Şentöp mojaroga aralaşib, yiğiliş iştirokçilarini tinçlantirgan. 

Tadbirdan keyinçalik ukrainaliklar va rossiyaliklar örtasida yangi, yanada şiddatli janjal çiqqan. Rossiya delegatlaridan biri ukrainalik deputatning qölidan Ukraina bayroğini tortib olgan. Bunga javoban, ukrainalik deputat uning yuziga muşt tuşirişga uringan. Mojaroga Turkiya parlamenti qöriqçilari aralaşib, janjalkaşlarni ajratgan. 

Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik taşkiloti Parlament assambleyasi (PABSEC) 1993 yilda taşkil etilgan parlamentlararo taşkilotdir. 

Uşbu platformada Qora dengiz mintaqasining 13 davlati parlamentlar darajasida iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirişga harakat qilmoqda.

Taşkilot Istanbulda joylaşgan, biroq uning majlislari navbatma-navbat iştirokçi davlatlar poytaxtida ötkaziladi. Şu bilan birga, bir-biri bilan uruşayotgan iştirokçi davlatlar (Ukraina-Rossiya, Armaniston-Ozarboyjon) öziga duşman poytaxtida ötkaziladigan sammitlarni boykot qilmoqda.