Hodisa 2023 yil 5 may kuni soat 13:30 larda davlat ahamiyatidagi 4R-79 “Qarşi-Çiroqçi-Şahrisabz” avtomobil yölining 12 kilometrida sodir bölgan. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qarşi tumani “Xonobod” MFY hududida haydovçi Ravon-3 maşinasini Şahrisabz-Qarşi yönalişi böyiça boşqarib kelib, qarama-qarşi tomondan kelayotgan, Nexia-2 maşinasi bilan töqnaşgan.

Oqibatda, Nexia-2 maşinasida yölovçi sifatida kelayotgan ikki nafar fuqaro oğir tan jarohatlari olib, hodisa joyida halok bölgan. Bir nafar yölovçi va Ravon-3 haydovçisi tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.