Yevropa ijtimoiy-iqtisodiy qömitasi (EESC) Rossiyaning harakatlarini Yevropa Ittifoqi qonunçiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortişga çaqirdi. 5 may, juma kuni e’lon qilingan bayonotida u Rossiyaning Ukrainadagi uruşi oqibatida transçegaraviy atrof-muhitga yetkazilayotgan zarardan xavotirlar kuçayayotganini ta’kidladi.
Qömita Yevropa Parlamenti bilan birgalikda ekotsidni Yevropa Ittifoqi darajasida jinoiy huquqbuzarlik sifatida qonunçilik tomonidan tan olinişini talab qildi. Bu Rossiyani Ukrainadagi harakatlari uçun javobgarlikka tortişga yordam beradi va “kelajakda şunga öxşaş ekologik ofatlar takrorlanişining oldini oladi”, deydi qömita a’zolari.
Uruş Ukraina ekotizimiga jiddiy zarar yetkazmoqda, deya ta’kidlaydi EESC örmon maydonlarining vayron bölişi, suv va havoning ifloslanişi haqidagi xabarlarga tayanib. Ukrainada Yevropa biologik turlarining 35 foizi yaşaydi, ammo “uruş uning boy tabiiy merosiga tahdid solib, atrof-muhitga, ekotizimlarga va inson salomatligiga zarar yetkazdi". Xususan, ekin va yaylov yerlarining ifloslanişi qişloq xöjaligi va jahon oziq-ovqat xavfsizligiga bevosita tahdid solmoqda.
Qömita Yevropa Ittifoqini atrof-muhitni qonuniy himoya qiliş, aybdorlarni javobgarlikka tortiş va Ukrainadagi uruşdan keyingi ekologik va ijtimoiy tiklaniş uçun poydevor qöyiş maqsadida uşbu zararni hujjatlaştiriş va ölçaşga çaqiradi. "Ukrainada davom etayotgan mojaro ekotizimimizning zaifligini ta’kidlagan holda, tabiiy merosimizni himoya qiliş va fuqarolarning salomatligi va farovonligini himoya qiliş har qaçongidan ham muhimroqdir", deyiladi EESC bayonotida.


















