Ukrainada uruşning 437-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Nijniy Novgorodda içida Zaxar Prilepin ketayotgan avtomobil portladi. Yozuvçi va siyosatçi yaralangan, uning haydovçisi halok bölgan. RF Tergov qömitasi «terakt» böyiça iş oçgan.
  • Zaxar Prilepin harakatlangan avtomobilni portlatişda gumonlanib, Aleksandr Permyakov qölga olingan. TQ tarqatgan videoda qölga olingan şaxs tergov çoğida «Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangani»ni tan oladi.
  • Yevgeniy Prigojin Baxmutdagi pozitsiyalarni «Axmat» jangçilariga topşiriş uçun Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov bilan boğlanganini aytdi. Qodirov «Axmat» jangçilari yölga çiqişga tayyorligi va buyruq kutayotganini ma’lum qilgan.
  • Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari qömondonligi Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi orqali rossiyaliklarning «Kinjal» raketasi urib tuşirilganini ma’lum qildi.
  • Sankt-Peterburgda Kiçik drama teatrini (Yevropa teatri) qulflab qöyişdi. Avvalroq teatr Danila Kozlovskiy iştirokidagi ikki spektaklni keyinga qoldirgandi, bu aktyorga uruşga qarşi posti uçun çaquv yozişgan.

Kunning asosiy voqeasi. Zaxar Prilepinga suiqasd

Nijniy Novgorod yaqinida siyosatçi va yozuvçi Zaxar Prilepin ketayotgan avtomobil portladi. Maşinada Prilepinning haydovçisi va tansoqçisi ham bölgan — u halok bölgan. «Verstka» naşri aniqlaşiça, halok bölgan şaxs 27 yoşli Aleksandr Şubin bölib — u luhansklik ayirmaçilar safida jang qilgan va «Mirotvorets» bazasiga kiritilgan.

«Interfaks» ma’lumotiga köra, Prilepin portlaş oqibatida yaralangan, 6 may kuni vraçlar uning holati oğir ekanini aytişgan. Nijyegorod oblasti gubernatori Gleb Nikitinning ma’lum