Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida sobiq yozuvçi Zaxar Prilepin hayotiga suiqasd uyuştirişda gumonlanuvçi şaxs qölga olindi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligi ma’lum qildi. Qölga olingan şaxs 1993 yilda tuğilgani va avval sudlangani aytilmoqda.
6 may kuni Nijniy Novgorod viloyatining Bor şahri yaqinida Prilepin joylaşgan maşina portlatib yuborildi. Uning haydovçisi halok böldi. Prilepinning özi göyo tirik qolgan, ammo oğir yaralangan - ikkala oyoği singan. Maşinada qölbola portlovçi qurilma bölgani va masofadan turib portlatilgani taxmin qilinmoqda.
Prilepin sobiq yozuvçi, 2014 yildan beri Vladimir Putinning harakatlarini qöllab-quvvatlab kelmoqda. Qrim anneksiya qilinganidan söng u zamonaviy Rossiya hukumatiga munosabatini qayta körib çiqqanini va unga nisbatan «şaxsiy sulh» e’lon qilganini aytdi. Ikki yildan söng Ukrainaga qarşi jangga otlandi va öz ta’biri bilan aytganda, «köplab odamlarni öldirgan jangovar bölinmani boşqargan». U uruşda ikki yil ötkazdi va 2023 yil yanvar oyida Milliy gvardiya qöşinlari Federal xizmati bilan şartnoma imzolab, qaytib kelgan edi.

















