Ligada qoliş uçun kuraşayotgan «Lids» qutqaruv operatsiyasi uçun pensiyada zerikayotgan Sem Ellardaysni çaqirgandi. 68 yoşli mutaxassisning yordami tegişi mumkin, ammo katta Sem — sehrgar emas va uning jamoasi himoyasi «Mançester Siti»ga qarşi köp vaqt doş berib tura olmadi. «Şaharliklar» ikkita bir xildagi hujum bilan raqib himoyasini yorib ötişdi. Ikki vaziyatda ham töp öng qanotga uzatildi, Mahrez himoyaçilarni ortda qoldirdi va Gundöğanni qulay vaziyatga çiqardi.
JÇ-2022 dan keyingi davrda jazoirlik uşbu futbolçi — töqqiz uzatma bilan APLning eng yaxşi assistenti bölib turibdi. Gundöğan het-trikka ham yaqin edi, ammo Holand 11 metrli jarima zarbasini ijro etiş huquqini unga qoldirganida, u töpni darvoza ustuniga qarata tepdi. Bu taşabbus Xosep Gvardiolaga yoqmadi va bu haqda u öyindan keyin aytib ötdi. Qolaversa, bir daqiqa ötib Rodrigo hisobni qisqartirdi va öyin oxiri asabiy keçdi. Ammo ğalaba saqlanib qoldi va «Siti» endi öyinlar soni teng holda «Arsenal»ni tört oçkoga ortda qoldirmoqda.
Sönggi ön öyin içida ilk bor darvozasi daxlsizligini saqlay olgan «Tottenhem»ning «Kristal Pelas»ga öyini şunisi bilan ajoyib çiqdiki, ğalaba golini urgan Keyn tarixiy natijaga erişdi. Bu gol «şporlar» forvardi uçun 209-golga aylandi va u endi APL tarixidagi barça töpurarlar röyxatida ikkinçi öringa çiqib oldi (bu örinni Ueyn Runi bilan bölişib turibdi). Bu röyxatdagi yaqqol yetakçi Alan Şirerni (260 gol) quvib yetişi uçun Keyn yana bir neça mavsum hozirgidek unikal öynaşi yetarli böladi.
Birinçidan, hali heç kim safarda ham, uyda ham yuztadan ortiq gol urmagan. Ikkinçidan, uçinçi yuztalikka ötgan heç qaysi töpurarda özining asosiy oyoği bölmagan oyoği va boşda urilgan gollar 40 tadan oşmagan. «Ikkinçi qavat»dan hujum — alohida mavzu. Keyn endi bir mavsumda boş bilan 10 gol urgan birinçi futbolçi.
Nihoyat ğalabaga erişgan «Çelsi»ning öyiniga kelsak, öyin oxiridagi ikki gol köklar uçun 11 martdan buyon ilk muvaffaqiyatni ta’minladi. Şunday bölib çiqdiki, londonliklar bu öyinda urgan gollar soni Grem Potter jamoa boş murabbiyligidan iste’foga çiqarilganidan keyingi olti öyinda urilgan gollar sonidan köproqni taşkil etdi. Agar muvaffaqiyatsiz seriya davom etganida, Frenk Lempard jamoasi «Bornmut»ni oldinga ötkazib yuborib, 13-öringa tuşib ketişi mumkin edi. Lekin endi mavsumni tark etiş haqida gap yöq. «Çelsi» fanatlarida esa yumor hissi joyida. Öyin oxirida ular şunday kuylaşdi: «Biz qolamiz!».
Payşanba kuni «MYu» «Brayton»dan sönggi daqiqalarda gol ötkazib mağlub bölişi «Liverpul»ning Çempionlar ligasi uçun imkoniyatlarini ança oşirdi. Mersisaydliklar öziga boğliq barça işni a’lo darajada uddalamoqda. Ayniqsa Saloh. U golli hujumni özi töpni boşqa qanotga uzatib boşlab berdi va van Deyk taşlab bergan töpni öziga böysundirib, darvozani işğol etdi. Misrlik hujumçi bir zarbasi bilan «Enfild»da urgan gollari sonini 100 taga yetkazib, klub rekordini örnatdi, bu uning bu mavsumda qatorasiga töqqiz uy uçraşuvida gol urişi böldi. Barça turnirlardagi öyinlar hisobga olinganda, Mo qatorasiga uçinçi mavsumda gollari sonini 30 taga yetkazmoqda. Qatorasiga olti ğalabadan keyin «MYu» bilan oradagi farq bir oçkoga qisqardi, ammo zaxirasida ikki öyin bor bölgan «qizil iblislar» bu poygada hamon favorit bölib qolmoqda.
Ispaniya: Ançelottining kubok öyinlaridagi kompleksiga barham berildi
«Real» va Ispaniya Kubogi munosabatlari silliq emas. Madridliklar bu turnirda oldingi sovrinni (hisob böyiça 19-si) töqqiz yil muqaddam, xuddi şu Karlo Ançellotti bilan birga qölga kiritgandi. Şundan buyon nimalar bölib ketmadi! Diskvalifikatsiyasi bor Çerişevning öynatilişi tufayli texnik mağlubiyat yozilişidan tortib uçinçi divizion vakilidan uçralgan mağlubiyatgaça. Ötgan triumfni esa hozirgi tarkibda boş murabbiydan taşqari faqat Modriç, Naço, Benzema va Karvahal eslaşi mumkin. Bu kvartetdagi törtinçi futbolçi şanba kungi öyin uçun boşlanğiç tarkibdagi yagona ispaniyalik futbolçi edi va bunaqasi turnirning 120 yillik tarixida kuzatilmagandi.
Deyarli butun tarkibi mahalliy futbolçilardan iborat «Osasuna» bilan soliştirganda farq katta, ammo bu muxlislarni taşvişga solişi dargumon. Masalan, yuqori saviyali qator braziliyaliklar töplangan — bu çiroyli futbolning kafolati. Bunday gözallikni ikkinçi daqiqadayoq himoyaçilarni ojiz qoldirgan Vinisius Junior namoyiş etdi va Rodrigoni golli pas bilan ta’minladi. Gol muallifi esa keyinroq tovoni orqali uzatgan pasi bilan Benzemani zarba beriş holatiga çiqardi. Lekin Karimning zarbasi şu kuni kuçli öyin namoyiş etgan Errera tomonidan bartaraf etildi va fransuz futbolçisi «Osasuna»ga qarşi töqqizinçi öyinida ham gol ura olmadi — u bu jamoa darvozasini oxirgi bor öşa 2014 yilgi kubok finalida işğol etgandi. Yana bir şedevr esa — Alabaning jarima zarbasidan keyin — darvoza tösini tomonidan bartaraf etildi.
Bu bir tomondan madridlik muxlislarni ranjitadi, boşqa tomondan öyinda intriga saqlanib qoldi, çunki «Osasuna» finalga qadar aql bovar qilmas xarakter namoyiş etib, uçta overtaymdan ğolib bölib ötgandi. Va Torro hisobni tenglaştirganida pamplonalik muxlislar ötirgan tribunada tom ma’noda yonğinni öçirişga töğri keldi.
Ammo yoki «Osasuna» öz dadilligidan çöçib ketdi, yoki «Real» yana töliq kuç bilan öynay boşladi. Vinisiusning navbatdagi keskin hujumi va Rodrigoning yana bir goli. Lekin bu hujum çözilib ketdi va Kroosning zarbasidan keyingi rikoşet qaymoqranglilarga yordam berib yubordi. Nima bölganda ham, asosiysi — natija. Bu — «Real»ning 20-kubogi. Lekin jamoa bu muvaffaqiyatni ortiqça nişonlab ötirmaydi: oldinda «Mançester Siti»ga qarşi yil öyinlari kutmoqda.
Hafta örtasida autsayder «Kremoneze»ga qarşi öyinda qoqilganidan (1:1) keyin Stefano Pioli «Latsio»ga qarşi öyinda jangovar tarkibni tuşirdi va bu «Milan» birinçi bölimdayoq öyin masalasini hal qilişini ta’minladi. Avvaliga mezbonlar «burgutlar»ni himoyadan çiqişda kuçli pressing ostida qoldirdi va Jiru Binnosirni qulay vaziyatga çiqardi. Keyin esa Ernandez haqiqiy şedevr ijro etdi. Töpni darvozabondan qabul qilib olgan fransuz himoyaçisi uni yolğiz özi raqib jarima maydoniga qadar olib bordi va kuçli zarba bilan darvozaning yuqori burçagini işğol etdi.
Ğoliblar uçun umumiy kartinani buzuvçi epizod — Rafael Leauning jarohat olişi böldi. «Milan» bilan şartnomani yangilaşga rozi bölgani aytilayotgan portugaliyalik hujumçi 11-daqiqadayoq jarohat oldi va öyinni davom ettira olmadi. U endi katta ehtimol bilan Çempionlar ligasi yarimfinal öyinlarini ötkazib yuboradi. Bu «rossonerilar»ning ambitsiyalariga jiddiy zarba böldi, şu bilan birga, şanba kungi muvaffaqiyat jamoaga kuçli törtlik uçun kuraşda qoliş imkonini berdi. Şu kuni raqib darvozasiga biror marta aniq zarba yöllay olmagan «Latsio» sönggi tört öyindagi uçinçi mağlubiyatini qabul qilib oldi va ikkinçi örinni xavf ostida qoldirdi.
Şanba kuni Milan va Rim qarama-qarşiligidagi ikkinçi öyinda ham şimolliklar qöli ustun keldi. «Inter»ning ikki laterali Dyumfris va Dimarko ijrosida hisob oçilgaç, «Roma» statistika nuqtayi nazaridan durangdan ortiğiga umid qila olmasdi. «Börilar» bu mavsumda tanaffusgaça hisobda ortda borgan öyinlarida heç qaçon ğalaba qozona olmagan, «neradzurri» esa bunday ustunlikka ega bölgan öyinlarida heç qaçon yutqazmagan.
Yakunda esa mezbonlar birorta oçkosiz qolişdi va barçasi Ibanesning xatosidan keyin ma’lum bölib ulgurdi. Undan töpni olib qöygan Lautaro Martines bir lahzaning özida mavsumning oxiriga kelib formasini tiklab olgan Lukakuni yakkama-yakka vaziyatga çiqardi. Belgiyalik futbolçi birinçi bölimda yelkasidan jarohat olib Simone Indzagini taşvişga solgandi. Ammo, milanliklar yetakçisi Leau bilan bölganidan farqli ölaroq, bu holatda barçasi yaxşilik bilan tugadi. «Inter» bu turdagi öyinini yakşanba kuni ötkazadigan «Yuventus» bilan oçkolar böyiça tenglaşib, Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi örinlarga qaytdi. Joze Mourino jamoasi esa, aftidan, asosiy yevrokubok yöllanmasini Yevropa Ligasi orqali qölga kiritişga harakat qilişiga töğri keladi.
Germaniya: «Leypsig» uçinçi öringa çiqib keldi, Gnabri yana hal qildi
«Leypsig» seşanba kuni ham «Frayburg» mehmoni bölgan va Germaniya kubogi yarimfinalida uşbu raqibni yirik hisobda yenggan edi (4:0). Aftidan, mezbonlar öşa öyindan saboq çiqarişgan va bu öyinda yaxşi qarşilik körsatildi, ammo Marko Roze Kampl qiyofasidagi kuziridan foydalandi. Maydon markazida jamoadoşlarini suğurtalab turgan futbolçi töpga ega çiqqaç, taşabbusni öz qöliga oldi va raqib jarima maydoniga yorib kirib, «devor» uslubida öynab, darvozani işğol etdi.
Öyinning qöşimça daqiqalarida ikki tomonda ham qulay vaziyatlar böldi, ammo mezbonlar futbolçisi darvozabondan qaytgan töpga zarba bera olmadi, mehmonlar futbolçisining «şvedka» uslubidagi (butsaning taşqi qismi bilan) zarbasini darvozabon maydon taşqarisiga çiqarib yubordi, natijada «hökizlar» YeÇL yöllanmalari uçun şanba kungi kuraşdagi asosiy triumfator böldi. Finişgaça uç tur qolganida «Leypsig» beşinçi örindan uçinçi öringa kötarildi, «Frayburg» esa endi beşinçi örinda. Oçkolar teng kelib qolgan taqdirda, bu jamoa qöşimça körsatkiçlarga köra şu kuni «Augsburg»ga yutqazgan «Union»dan ortda qolmoqda.
«Bavariya» esa bir amallab ğalaba qozonişni uddalamoqda. Bremendagi öyinda myunxenliklar öyinni nazorat qilişdi, ammo bir neça daqiqa içida raqibning ikki hujumidan ikki gol ötkazib yuborişi mumkin edi. Ammo saviya özini körsatdi va «Herta» bilan öyindagi kabi amaldagi çempionlar ikkinçi bölimda «Verder»ni taslim etişdi. Bu safar ham öyinda buriliş yasaş uçun Gnabrining goliga zarurat sezildi, deyarli böş darvoza qarşisida turgan uşbu hujumçiga raqib himoyasidagi palapartişlik tufayli yetib keldi. Şmidt esa öyin oxirida «töqqizlik»ka yöllagan zarbasi bilan Zommerni ojiz qoldirdi, ammo bu vaqtga kelib zaxiradan tuşgan Sane ikkinçi golni urib ulgurgandi. «Musiqaçilar» çempionlarning muxlislarini xavotirlanişga majbur qila olişdi, ammo myunxenliklar ğalabani saqlab qolişdi. Navbatdagi çempionlikkaça uç qadam qoldi. Albatta, «Borussiya» undan oldinroq navbatdagi yöqotişga uçramasa.
Kun statistikasi
«Şalke» bundesliga mavsumining ikkinçi davrasida 1-bor turni xavfli zonadan yuqorida yakunladi.
Fransiya çempionatida Lyabord qatorasiga uçinçi mavsumda kamida 10 ta gol urmoqda. Vaziyatning top-5 çempionatlar uçun unikalligi şundaki, uşbu forvard bu gollarni uçta turli jamoalarda — «Monpele», «Nitssa» va «Renn» safida urişga erişgan.
«Real» kubok turnirlarida «Osasuna»ga qarşi 9 öyin ötkazgan va barça öyinlarda ğalaba qozongan.
Benzema özi yutgan sovrinlar sonini 33 taga yetkazdi — bu bilan u Fransiyaning eng sovrindor futbolçisiga aylandi. Şuningdek, «Real» safidagi sovrinlar böyiça Marseloning rekordini takrorladi.
43 yil-u 38 kun — APL tarixida raqib jamoalar boş murabbiylari örtasidagi rekord darajadagi farq: 75 yoşli Roy Hojson boşqaruvidagi «Kristal Pelas» 31 yoşli Rayan Meyson boşqaruvidagi «Tottenhem»ga yutqazdi.