Yevropa kuni — «Şuman deklaratsiyasi» imzolangan sana har yili bayram qilinadi. Fransiya taşqi işlar vaziri Robert Şuman özining tarixiy nutqini 1950 yil 9 mayda sözlagan va u Yevropa Ittifoqining taşkil etilişiga olib kelgan. Uning nutqi Deklaratsiyaga aylandi, hujjat imzolangan sana esa Yevropada tinçlik va birdamlikni saqlab qolişga xizmat qiluvçi sana sifatida har yili nişonlanadi.
Hozirda Yevropa kuni barça Yevropa mamlakatlarida, şuningdek hamkor mamlakatlar, xususan Özbekistonda ham ommaviy nişonlanadi. (Mavzuga doir: Kuni-keça Ukraina prezidenti 9 may Ukrainada bundan buyon Yevropa kuni sifatida nişonlanişi haqida farmonni imzoladi).

6 may kuni Toşkent şahridagi Botanika boğida taşkillaştirilgan, 5000 dan ziyod odam taşrif buyurgan festivalda Özbekistonda faoliyat yuritayotgan 40ga yaqin loyiha taqdim etildi. Loyihalar Yevropa Ittifoqi va Yevropa jamoasi tomonidan moliyalaştiriladi.

«Özbekistonda Yevropa kunini taşkil qiliş biz uçun juda muhim. Yevropa Ittifoqi Özbekiston bilan bir qança işlarni amalga oşiryapti. Bizning dasturlarimiz xilma-xil va ularning hammasi Özbekistondagi islohotlarni qöllab-quvvatlaydi.
Festival odamlarni bizning dasturlarimizdan xabardor qiliş, ular bilan gaplaşiş, ayniqsa, yoşlar bilan kommunikatsiya qiliş, ğoyalar almaşiş imkoniyatidir. Biz qölimizdan kelgan eng yaxşi işlarni qilişga harakat qilyapmiz, işonamizki, Özbekiston ham bunga loyiq», – dedi Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Şarlotta Adrian.

Festivalda Yevropa Ittifoqi va Özbekiston örtasidagi hamkorlikning Markaziy Osiyoda, jumladan Orolböyi mintaqasida iqlim özgarişi va barqarorlik, Özbekistonda gender tenglik va ayollar huquqlarini ilgarilatiş uçun fuqarolik jamiyati, hamjamiyatlar va hokimiyat organlari qadriyatlarining mustahkamlanişi, qattiq çiqindilarni qayta işlaş tizimlarining rivojlanişi, Erasmus+ ta’lim dasturlari, qişloq xöjaligini rivojlantiriş böyiça faoliyat, davlat xizmatlarini körsatiş va boşqalar kabi muhim yönalişlar böyiça loyihalar taqdim etildi.

























