8 may kuni Andijon viloyatida "Andijon viloyati imtihon markazi" innovatsion imtihon markazi oçildi. Markazda har kuni nazariy imtihondan ötişni istagan 450 dan ortiq, amaliy imtihonlar böyiça esa 300 nafar nomzodlar imtihon topşirişlari mumkin.

Butun jarayon töliq avtomatlaştirilgan bölib, nazorat qiliş inson omilisiz boşqariladi. Nomzod Markazga kelib, topşirgan imtihonlarining har bir bosqiçi belgilab boriladigan individual QR-kod oladi. Nazariy imtihondan muvaffaqiyatli ötiş uçun 25 daqiqa içida 20 ta test savollaridan kamida 18 ta savolga töğri javob berişingiz kerak. Agar imtihonning uşbu qismi muvaffaqiyatli topşirilsa, nomzod amaliy imtihonni topşiriş huquqini oladi. Kutiş xonasida hammaga körsatmalar beriladi, şuningdek, video körsatma ham mavjud bölib, unda maşqlar ketma-ketligi va ularni qanday bajariş kerakligi töliq körsatilgan. Agar 99 ta jarima balli çegarasidan oşmasa, imtihon muvaffaqiyatli topşirilgan deb hisoblanadi. Imtihonning amaliy qismi muvaffaqiyatli topşirilmagan taqdirda nomzod, nazariy imtihon muvaffaqiyatli topşirilgan kundan boşlab 2 oy içida har 7 kun oraliğida qayta topşirişi mumkin.

Amaliy imtihonni qabul qiliş uçun Markazda uçta maydonli avtomatlaştirilgan avtodrom mavjud. Ularning bittasida, B, C va D toifalaridagi, ya’ni yengil avtomobil, yuk maşinasi va avtobus haydaş huquqini beruvçi haydovçilik guvohnomasini olmoqçi bölgan nomzodlar imtihon topşiradi. Ikkinçisida, A toifasidagi - mototransport vositalarini boşqariş huquqini olişni istaganlar özlarining amaliy könikmalarini namoyiş etadi. Uçinçisi transport vositalarini tirkama bilan boşqariş uçun BE, CE va DE toifalariga imtihon topşirayotganlar uçun möljallangan. 

Nazariya va amaliyot böyiça qöşimça tayyorgarlikka muhtoj nomzodlar uçun Markazda ekspress-kurslar mavjud.

Imtihonning ikki bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgandan söng, nomzodga YHXBga murojaat etişi kerak bölgan sertifikat beriladi. Berilgan sertifikat YHXB ma’lumotlar bazasidan tekşirilgandan söng, unga haydovçilik guvohnomasi beriladi.

Viloyat YHXB axborot xizmati rahbari Abdumajid Raimjonovning ma’lum qilişiça, bu yerda imtihon topşiruvçilarga psixologik yordam körsatiladi:

“Uşbu innovatsion imtihon markazida yöl harakati qoidalarini örgatuvçi maydonçalar sönggi rusumdagi zamonaviy uslubda taşkil etilgan. Öquvçilarga transport vositasini boşqarişdan oldin nimalarga e’tibor beriş kerakligi, hayajonga tuşmasligi uçun psixologik yordam körsatiş xonalari ham yaratilgan.