Namanganlik tadbirkor Dilshod To‘raxo‘jayevning advokati Nurullo To‘laganov mijozi tergov bo‘limlarida shafqatsiz kaltaklanganini aytib, uning tan jarohatlari aks etgan suratlarni e’lon qildi.

Dilshod To‘raxo‘jayev – Namanganning Pop tumanidagi Chodak qishlog‘ida “Aparat Hotel Kosmos” nomli dam olish kompleksini qurgan investor. U Jinoyat kodeksining 164-moddasida (Bosqinchilik) ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumonlanyapti. Tergov uning uyushgan jinoiy guruh a’zosi ekanini da’vo qilmoqda.

Foto: Facebook / Nur To‘la

To‘raxo‘jayevning yaqinlari “O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatiga murojaat qilib, u 12-15 aprel kunlari Toshkent shahar IIBB tergov bo‘limida shafqatsiz qiynoqlarga solingani, og‘zi va qo‘llari skotch bilan bog‘lanib, ayovsiz do‘pposlanganini iddao qilgan. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov Facebook'dagi sahifasida yozib qoldirgan.

“Surishtiruv, advokatlari va guvohlar bilan suhbatlardan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, Dilshodjon To‘raxo‘jayev haqiqatan ham fuqaro kiyimidagi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari, qora maxsus kiyimdagi “ajal farishtalari” va tergovchilar tomonidan majburiy ko‘rsatma olish maqsadida qiynoqqa solingan”, – deyiladi “Ezgulik” jamiyati tarqatgan axborotda.

Dilshod To‘raxo‘jayev Foto: Facebook / Abdurakhmon Tashanov

Voqeaga IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov munosabat bildirib, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 10 nafar gumondor qo‘lga olingani, ular og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotganini