"Rossiyaning buzğunçi siyosati Birlaşgan muvofiqlaştiruvçi markaz protseduralariga muvofiq tekşiriş rejasini tuzişni imkonsiz qiladi, bu barça tomonlar tomonidan çiqiş va kiriş uçun tekşiriş rejasini har kuni tasdiqlaşni nazarda tutadi", deya ma’lum qildi idora.
Ukraina tomoni bunday yondaşuv amaldagi kelişuv şartlariga zid ekanligini ta’kidlab ötdi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, Turkiya hududiy suvlarida 90 ta kema tekşirilişi kutilmoqda, ulardan 62 tasi yuklanmoqda. Kiruvçi va çiquvçi flotni tekşiriş töxtatildi.
Ukraina, Rossiya, Turkiya va BMT Ukraina ğallasini taşiş uçun yangi kemalarga ruxsat beriş böyiça kelişuvga erişa olmadi, deya xabar qildi BMT Boş kotibi rasmiy vakili örinbosari Farhan Haq jurnalistlarga.
Şu bilan birga, uning sözlariga köra, avval ruxsat berilgan kemalarni har kuni tekşiriş davom etmoqda.
Avvalroq Rossiya, agar öz ğalla va öğitlarini eksport qiliş bilan boğliq bir qator talablar bajarilmasa, “ğalla bitimi”ni 18 maydan keyin uzaytirmaslik bilan tahdid qilgan edi.


















