Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo öyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlarini qöllab-quvvatlaş hamda tartibga solişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo öyinlari dasturiga kiritilmagan sportni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaşning asosiy yönalişlari belgilanmoqda.
Qaror loyihasi qabul qilinişi natijasida noolimpiya sport turlari böyiça federatsiya va assotsiatsiyalar muassisligida Özbekiston noolimpiya sport turlari konfederatsiyasi taşkil etiladi.
Konfederatsiyaga quyidagi vakolatlar uning taqdimnomasi asosida Yoşlar siyosati va sport vazirligi tomonidan beriladi:
- sportçilarning barça yoş toifalari va jinsiy mansubligi böyiça Özbekiston sport terma jamoalari va ularning zaxirasini şakllantiriş va tasdiqlaş;
- sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etiş reyestriga kiritiş hamda istiqbolsiz deb topilgan noolimpiya sport turlarini reyestrdan çiqariş;
- xalqaro toifadagi Özbekiston sport ustasi, Özbekiston grossmeysteri, Özbekiston sport ustasi sport unvonlarini beriş;
- noolimpiya sport turlari böyiça sport musobaqalarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça yillik nizomlarni tasdiqlaş;
- sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini şakllantiriş.
















