AQŞda xizmat safarida bölib turgan Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatovning navbatdagi uçraşuvi Nyu-York şahrida joylaşgan Kolumbiya universiteti rahbariyati bilan ötkazildi.
«Uşbu oliy öquv yurti qariyb 270 yillik tarixga ega. Muassasa jahon reytingida yuqori poğonalarni band etib kelmoqda. Qolaversa, u Qöşma Ştatlardagi eng yirik tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Bu yerda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqiçlari böyiça 18 ta fakultetda tahsil olayotgan talabalar soni 33 ming nafardan oşadi. Ularning 11 ming nafardan ziyodi xorijiy davlatlar fuqarolaridir.
Kolumbiya universitetining asosiy kampusi Nyu-Yorkning nufuzli tumani — Manhettenda joylaşgan. Vaşington-Hayts tibbiyot markazi esa asosiy tadqiqot muassasalaridan biri hisoblanadi.
Öquv yurti bitiruvçilari orasidan 104 nafar Nobel mukofoti, 30 nafar davlat rahbari, jumladan, AQŞning tört prezidenti çiqqan. Jahon farmatsevtika bozorida universitet olimlarining kaşfiyot va ixtirolari (artrit, glaukoma, saraton muolajasida qöllanadigan dorilar va nogironligi bor şaxslar uçun protezlar) nom qozongan», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Uçraşuvda törtta yönaliş — soğliqni saqlaş, menejment, hamşiralik işi va stomatologiya böyiça yurtimizdagi barça tibbiyot oliy öquv yurtlari, xususan, Toşkent davlat stomatologiya instituti bilan özaro hamkorlik qiliş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi stomatologiya sohasida ilmiy grant loyihalarini röyobga çiqariş, bu yönalişda ordinatura va doktorantura tahsilini yölga qöyiş, yuqori bosqiç talabalarining akademik almaşinuvini ta’minlaş, öqituvçilar kasbiy malakasini oşiriş istiqbollari körib çiqildi.

















