Tegişli qonun loyihasi 2023 yil 1 oktyabrgaça Qonunçilik palatasiga kiritilişi kerak. Bu – yangi tahrirdagi konstitutsiyani röyobga çiqarişga doir prezident farmonida belgilandi.
Bundan taşqari, şartnomaviy va boşqa fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan javobgarlik çoralari ma’muriy javobgarlik töğrisidagi qonunçilikdan çiqarib taşlanadi. Farmonda bu topşiriq ijrosi uçun 2 oy muddat körsatilgan.
Mas’ullarga, 2024 yil 1 yanvarga qadar, qonunçilik bazasini töliq xatlovdan ötkazib, unda belgilangan huquqiy ta’sir çoralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlaştiriş böyiça takliflar kiritiş topşirildi.
Şuningdek, yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 29-moddasida belgilangan davlatning huquqbuzarliklardan jabrlanganlarga yetkazilgan zararning örni qoplanişi uçun şart-şaroitlarni yaratiş majburiyati töliq röyobga çiqarilişini ta’minlaşga qaratilgan mexanizmlarni nazarda tutuvçi prezident qarori loyihasi işlab çiqiladi. Loyiha 2 oy muddatda prezident administratsiyasiga kiritilişi zarur.

















