AQŞ jurnalistikasining asosiy mukofoti janglar paytida Mariupolda qolgan ukrainalik jurnalistlarga berildi. The New York Times gazetasi Buçadagi qirğin rekonstruksiyasi uçun mukofotlandi.

"Jamiyatga xizmat qiliş" eng nufuzli nominatsiyasida 2023 yilgi Pulitser mukofoti ukrainalik hujjatli filmlar rejissyori va videograf Mstislav Çernov, fotograf Yevgeniy Maloletka, prodyuser Vasilisa Stepanenko va Associated Press agentligida işlaydigan Yevropa muxbiri Lori Xinantga berildi. Bu haqdagi ma’lumot 9 may, seşanbaga ötar keçasi mukofot saytida e’lon qilindi.

Çernov, Maloletka va Stepanenko janglar paytida Mariupolda qolgan ğarb ommaviy axborot vositalarining yagona vakillari edi. Aynan ular Rossiya öqlari ostida qolgan Mariupol tuğuruqxonasidan reportaj e’lon qilişgan. Şuningdek, Yevgeniy Maloletka "Yangiliklar fotosurati" nominatsiyasida Pulitser mukofotini qölga kiritdi - u ğoliblikni Associated Press'ning boşqa fotosuratçilari bilan bölişib oldi.

Bundan taşqari, The New York Times gazetasi Ukrainaning Buça şahrida tinç aholining öldirilişi voqealarini çuqur qayta rekonstruksiya qilgani uçun “Xalqaro reportaj” nominatsiyasida mukofotga sazovor böldi.