Yangi tahrirdagi konstitutsiyasini sözsiz va töliq amalga oşiriş barça darajadagi davlat organlari va taşkilotlarining “birinçi navbatdagi ustuvor vazifasi” etib belgilandi. Bu – yangi konstitutsiya talablarini röyobga çiqarişga doir prezident prezident farmonida yozib qöyildi.
Farmonga binoan:
- yangi tahrirdagi konstitutsiya oliy yuridik kuçga ega ekanidan kelib çiqib, davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatida töğridan töğri va sözsiz qöllaniladi;
- yangi tahrirdagi konstitutsiya normalarini ularni amalga oşiriş uçun boşqa qonunçilik hujjatlarining mavjud emasligi yoki qonunçilikka konstitutsiyaga muvofiq özgartiriş va qöşimçalar kiritilmagani vaji bilan qöllaşni rad etiş qat’iyan taqiqlanadi.
Hujjatga asosan, yangi tahrirdagi konstitutsiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy şarhini tayyorlaş böyiça tahrir kengaşi tuzildi.
Kengaşning işçi organi – prezident huzuridagi Qonunçilik va huquqiy siyosat instituti böladi. Institut raisi Mir-Akbar Rahmonqulov kengaşga raislik qiladi.
Şarhning matni tuşunarli va sodda tilda bölişi talab etiladi. Şarh matni, milliy va xorijiy ekspertlar, huquqşunoslar va davlat arboblarini jalb etgan holda, 2023 yil 1 dekabrgaça qadar tayyorlanib, özbek va xorijiy tillarda çop etiladi.
Yangi konstitutsiyaning ustuvor ğoyalarini röyobga çiqariş va normalarini hayotga tatbiq etiş böyiça Davlat komissiyasi tuzildi.
Şuningdek, yangi konstitutsiyadagi suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat prinsiplarini izçil amalga oşiriş böyiça ekspertlik kengaşlari ham taşkil etilmoqda.
Prezident huzuridagi Qonunçilik va huquqiy siyosat instituti yangi tahrirdagi konstitutsiyani amalga oşiriş jarayonini axborot-tahliliy, ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlaş uçun mas’ul etib belgilandi.
2023/24 öquv yili boşlanguniga qadar barça ta’lim turlari va bosqiçlaridagi konstitutsiyani örganiş böyiça öquv rejalari va ta’lim dasturlari

















