Yevropa Ittifoqi Ukrainaga hujumi uçun Rossiyaga qarşi joriy qilingan sanksiyalardagi böşliqlarni yopiş niyatida. "Yangi paket sanksiyalarga rioya qiliş, ularning samaradorligi va biz sanksiyalarni çetlab ötişdan qanday qoçişimiz mumkinligi haqida böladi. Paket Rossiyaga eksportga qaratiladi, - dedi 8 may, duşanba kuni Bryusselda Yevropa komissiyasi vakili Erik Mamer. - Biz Rossiya boşqa mamlakatlardan import olmasligini ta’minlaşni istaymiz".

Uning qayd etişiça, Yevrokomissiyaning Rossiyaga qarşi sanksiyalarning ön birinçi paketi böyiça taklifi 5 may kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuborilgan. Keyingi bosqiç 10 may kuni Yevropa Ittifoqi elçilari darajasida uşbu taklifning birinçi muhokamasi böladi.

YeIning yana bir rasmiysi DW naşriga bu Yevropa Ittifoqi uçun sanksiyalarga yangiça yondaşuv ekanligini, şuning uçun bu borada uzoqroq muhokama kutilayotganini tuşuntirdi. Xususan, Moskvaga sanksiyalarni çetlab ötişga yordam beradigan turli xil sub’yektlarga nisbatan jazo çoralari muhokama qilinadi.

Ayrim yevropalik diplomatlarning tan olişiça, YeI mamlakatlari Rossiyaga qarşi jazo çoralarini kelişib olişi qiyinlaşib bormoqda.

Reuters xabariga köra, Yevrokomissiya Xitoyning bir neçta kompaniyalarini sanksiyalar röyxatiga kiritiş va sanksiyalarni çetlab ötişda iştirok etgan deb hisoblangan davlatlarga eksportni çeklaşni taklif qilgan. Şuningdek, bir qança manbalar röyxatga Turkiya, BAA, şuningdek, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalari ostidagi tovarlar importi keskin ösgan Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlaridagi kompaniyalarni kiritiş taklif qilinayotganini aytdi.