“Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi, Adliya vazirligi, Sudyalar oliy kengaşi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi 2023–2024 yillarda yangi tahrirdagi Konstitutsiya böyiça davlat fuqarolik xizmatçilari va sud-huquq tizimi xodimlarini öqitiş rejasini tasdiqlaydi:
alohida grafik asosida barça böğindagi davlat fuqarolik xizmatçilari va sud-huquq tizimi xodimlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini öqitişni taşkil etiş;
davlat fuqarolik xizmatçilari va sud-huquq tizimi xodimlarining konstitutsiyaviy madaniyati, huquqiy savodxonligini oşiriş va baholaş tizimini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga moslaştiriş nuqtayi nazaridan qayta körib çiqiş.















