Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanidagi «Çim» dehqon bozorida yelkasiga davlat bayroği rangidagi tasma taqib olgan yigit IIB xodimlari tomonidan qölga olingani haqida tarqalgan xabarlar jamoatçilikning haqli e’tirozlariga sabab böldi.
  
5 may kuni Qaşqadaryo viloyati IIB fuqaro R.I. uşbu tasmani yeçib qöyiş böyiça profilaktika inspektorlarining qonuniy talablariga böysunmagani, holat yuzasidan fuqaroga MJtKning tegişli moddalari bilan hujjatlar rasmiylaştirilgani hamda jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudiga yuborilgani haqida ma’lum qildi.

Keyinroq esa ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida iş qözğatiş haqida qabul qilingan noqonuniy qaror Boş prokuratura aralaşuvi bilan bekor qilindi, bayroq rangidagi tasma taqqan yigitning noqonuniy jazolanişi bartaraf etildi.

«Yuksaliş» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov adolat qaror topgani, biroq qonun ustuvorligi töliq va teng ta’minlanişi kerakligini ta’kidladi.

«Adolat qaror topdi. Biroq fuqaroga noqonuniy talab qöygan, tegişli hujjatlarni rasmiylaştirgan va javobgarlikka tortiş uçun sudga yuborgan IIB xodimlari hamda noqonuniy qaror qabul qilgan sudning harakatlariga qanday baho berilgani masalasi mavhumligiça qolmoqda.

Boşqaça aytganda, adolat qaror topdi, biroq qonun ustuvorligi tölaqonli ta’minlandimi, degan savol oçiq qolmoqda.  

8 may kuni referendum natijalariga bağişlangan uçraşuvda prezidentimiz barça sohalarda qonun ustuvorligi ta’minlanişi, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bölişi, har qanday holatda adolatni qaror toptiriş şart degan qaraş mansabdorlar uçun hayot qoidasiga aylanişi kerakligini ta’kidladi. 

Şu munosabat bilan, keng jamoatçilikning va «Yuksaliş» harakati a’zolarining murojaatlariga asoslanib, tegişli idoralar masala yuzasidan batafsil axborot berişi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz», deyiladi postda.