Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida Özbekiston bayroği ranglaridagi tasma taqqan yigitga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik böyiça iş qözğatiş qarori noqonuniy deb topilgan va bu qaror bekor qilingan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

«5 may kuni Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği rangidagi tasmani taqib yurgan yigitga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida iş qözğatiş haqida qaror qabul qilingan. 

Boş prokuratura aralaşuvi bilan yigitga nisbatan qöllangan uşbu noqonuniy qaror bekor qilinişi ta’minlandi», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Qamaşi tumanidagi bozorda huquq-tartibot idoralari xodimlari Özbekiston bayroği ranglaridagi va «Bitiruvçi» yozuvi bölgan tasma taqqan yigitni qölga olgani aks etgan video tarqalgandi. Qaşqadaryo viloyati IIB matbuot xizmatining Kun.uz naşriga xabar qilişiça, voqea 5 may kuni Qamaşi şahridagi «Çim» bozorida sodir bölgan.

Viloyat IIB axborot xizmati u dehqon bozorida töxtatilib, «Davlat ramzlari töğrisida»gi qonun talablariga köra bayroqni bunday olib yuriş mumkin emasligi aytilganda, «IIB xodimlarining qonuniy talablariga böysunmasdan, qarşilik körsatgani» haqida ma’lumot bergandi.

Natijada Qamaşi tumanida yaşovçi R.I. bilan belgilangan tartibda profilaktik suhbat ötkazilgan va unga nisbatan töplangan hujjatlar qonuniy çora köriş uçun jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudiga yuborilgan.

Mazkur hodisa keng muhokamalarga sabab böldi va ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlarining xatti-harakati qoralandi.