Özbekistonlik velopoygaçi Anna Kulikova doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar berdi Özbekiston Milliy antidoping agentligi.
Qayd qilinişiça, 2022 yil 25 oktyabr kuni sportçi Kulikovadan musobaqadan taşqari holatda doping sinama olingan. Tahlil natijalariga köra, velopoygaçi namunasida Butunjahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan röyxatga kiritilgan «Metasteron» moddasi aniqlangan.
Şu asosda Anna Kulikova Özbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq böyiça komissiya qaroriga köra, 2 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan. Endi u 2024 yil 26 dekabr kuniga qadar musobaqalarda iştirok etolmaydi.
Qayd qiliş joizki, 21 yoşli Anna Kulikova 2022 yilda Duşanbe şahrida ötkazilgan yoşlar örtasidagi Osiyo çempionati ğolibi sanaladi.













