9 may kuni soat 21:25 da Samarqand viloyati, Paxtaçi tumani, Yangiobod mahallasida joylaşgan aholiga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasi hududida yonğin va portlaş sodir böldi.
FVV xabariga köra, hodisa joyiga 5 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 22:30 da yonğin qurşab olingan va soat 23:00 da bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida şoxobça hududida bölgan 3 ta «Isuzu» rusumli avtomaşina va ulardagi siğimi 50 litrli suyultirilgan uglevodorod gazli ballonlar yorilib, zararlangan.
Hodisa şoxobçadagi «MAN» rusumli suyultirilgan gaz taşuvçi maşinadan gazni zaxira siğimiga böşatiş jaryonida xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilişi oqibatida yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida bir kişi tan jarohati olgan. Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.

















