Naşida Din işlari böyiça qömitaning xulosasi bilan “aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan” deb topilgan.
Umuman, bu telefonidan diniy qöşiq topilgani yo uni kimgadir yuborgani uçun qamalayotgan ilk özbekistonlik emas. Oxirgi vaqtlarda ayni sabab bilan qamalayotganlar soni köpayib bormoqda.
Kun.uz muxbiri telefonida naşid saqlagani yo uni kimgadir ulaşgani uçun qamalib ketayotganlar soni oşib borayotgani, Jinoyat kodeksidagi bunga sabab bölayotgan moddalar, undagi böşliqlar va jamoatçilikning bu boradagi e’tirozlari mavzusida jamoatçilik faollari bilan intervyu ötkazdi.
Intervyu mehmonlari huquqşunos, advokat Razzoq Altiyev, Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov va siyosatşunos, jamiyatşunos Kamoliddin Rabbimov böldi.
— Men yozilgan ilmiy qoidasi böyiça öqiyman, naşid deb islom dinida ma’lum yönalişda va çolğu asbobi bilan aytiladigan musiqa asari tuşuniladi.
Xöş, huquqda, qonunçilikda naşid nima özi? Qaysi naşid jamiyat, davlat, tuzum uçun xavfli va qaysinisi aksinça? Buni aniqlaş çegaralari qanday? Nega sönggi vaqtlarda bu kabi ayblov bilan qamalayotganlar soni Özbekistonda keskin köpayib bormoqda?

Razzoq Altiyev:
— “Naşid” arabçada qöşiq, madhiya degan ma’nolarni beradi. Sönggi vaqtlarda jamiyatda naşida taqiqlangan, degan tuşunça paydo bölyapti. Aslida, naşida degan istiloh qonunlarimizda yöq. Aqidaparastik, separatistik ğoyalarga asoslangan diniy mazmundagi materiallarni noqonuniy tayyorlaş, tarqatiş, olib kiriş kabi holatlar taqiqlanadi. Bu masala özi dolzarb masala.
Taqiqlangan mazmundagi materialni saqlagan va bu tarqatiş maqsadida bölsa, javobgarlikka tortiladi. Deylik, arab tilini bilmasa, şunçaki öşa qöşiq yoqib qolgan bölsa, şuni kim bilandir bölişiş holatlari ham böladi.
Abdurahmon Taşanov:
— Birinçi ma’muriyat davrida hukumatning ma’naviy-huquqiy qiyofasi diniy ekstremizm bilan boğliq bölib qolgan edi. Afsuski, hozir ham mana şu tendensiyaning xavfli bosqiçida turibmiz. Ötgan yili Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyatiga Toşkent şahar Uçtepa tumanida maktab öquvçilari ekstremizmda ayblanib qamalgani haqida xabar kelgandi. Ha, ularning jazosi keyinroq yengiliga almaştirildi, lekin bu tendensiya rivojlanib borib 19-20 yoşdagi yoşlarni uzoq muddatga qamaş boşlandi. Ötgan yili 19 yoşli yigit 12 yil-u 3 oyga qamaldi. Bu holat tinimsiz ösib boryapti. Bizga yetib kelmayotgan ma’lumotlar qança hali. Aytganimdek, Karimov davridagi tendensiya boşlanişida turibmiz. Hukumatdagilar buni öylab körişi kerak. Bu masalaning bir tomoni. Hali qonunçilikni tahlil qiliş va özgartiriş kiritiş masalalarini ham köriş kerak. Uç-törtta faol emas, katta-katta siyosiy institutlar işlaşi kerak bu bilan.



















