Saudiya Arabistoni Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta oçiş niyatida ekanligini ma’lum qildi. Uning asosiy vazifasi “qöşma arab yondaşuvi”ni işlab çiqişdan iborat böladi, deyiladi mamlakat Taşqi işlar vazirligining 9 may, seşanba kuni SPA davlat axborot agentligi tomonidan tarqatilgan bayonotida.
Avvalroq, 7 may kuni Arab davlatlari ligasiga a’zo mamlakatlar taşqi işlar vazirlari Suriyada prezident Başar rejimi tomonidan demokratik norozilik namoyişlarining keskin bostirilişi tufayli 2011 yil noyabrida töxtatilgan Suriyaning uşbu taşkilotdagi a’zoligini qayta tiklaş qarorini qöllab-quvvatlagan edi. Namoyişlar bostirilgaç, mamlakatda boşlangan mojaroda şu kungaça 500 ming kişi halok böldi. Millionlab odamlar öz uylarini taşlab ketdi, Suriya infratuzilmasi va sanoati jiddiy zarar kördi.
Ar-Riyod Damaşq bilan diplomatik aloqalarni 2012 yilda uzgan. Şundan söng Saudiya Arabistoni oçiqdan oçiq Asad rejimini ağdariş tarafdori bölib, fuqarolar uruşi fonida suriyalik isyonçilarni qöllab-quvvatladi.
Saudiya Arabistoni Damaşqdagi diplomatik missiyasi qayta tiklangani haqida e’lon qilişidan bir neça soat oldin Turkiya TIV 10 may kuni Rossiya poytaxtida Moskva, Damaşq, Anqara va Tehronning yuqori darajali diplomatlari yiğilişini e’lon qildi. Muzokaralar mavzusi "Turkiya va Suriya örtasidagi munosabatlarni normallaştiriş böyiça fikr almaşiş", şuningdek, hozirda Turkiyada bölgan 3,7 million suriyalik qoçqinning öz vataniga "ixtiyoriy ravişda qaytişi" böladi.

















