Suv muammosi yildan yilga çuqurlaşib borayotgan şaroitda Özbekiston uçun tejamkor texnologiyalardan boşqa alternativalar mavjud emas, deya fikr bildirdi iqtisodçi Otabek Bakirov.
U Savdo-sanoat palatasida banklar, klasterlar va şu sohaga daxldor qator idoralar iştirokida ötgan yiğilişdan keyingi xulosalari bilan örtoqlaşdi.
“Özimgayam qiziq bölgani uçun çetroqdan joy olib, tomonlarning bahslarini tingladim. E’tiborlisi, bunda Savdo-sanoat palatasi öziga xos mediatorlik qildi. Eşitganlarim va kuzatganlarim böyiça ayrim xulosalar bilan bölişsam.
Birinçidan, klasterlar suv bilan boğliq vaziyat tobora oğirlaşib borayotgani va paxtaçilikda tomçilatib, ğallaçilikda yomğirlatib suğorişga ötiş zaruriyatini çuqur anglab turişibdi. Lekin bu öta xarajatli vazifa ekani motivatsiyani susaytirmoqda. Şu sababli kafillik şartnoma şartlarini kelişib olişni istaşayapti. Bu qançalik töğri yoki notöğri ekanligiga töxtalib ötirmayman.
Ikkinçidan, banklar (bu örinda asosan Agrobank) tejamkor texnologiyalarni kreditlar hisobidan moliyalaştirişga tayyor. Lekin bu borada risklar juda baland. Bankirlar fermer va klasterlarning qarz yuki oşib borayotgani, likvidli ta’minot taklifi yöqligi, tejamkor texnologiyalarni joriy qiladigan sub’yektlarning ahvoli yanada oğirlaşişi mumkinligidan xavotirda. Ilgari şu maqsadda olingan kreditlarning katta qismi muddati uzaytirilgani ta’kidlandi.
Uçinçidan, tejamkor texnologiyalarni örnatgan va muvaffaqiyatga erişgan yoki zararga kirgan fermerlarning bu böyiça fikrlari qiziq edi. Lekin uçraşuvda fermerlarning yo ularning vakillari iştirok etmadi.
Törtinçidan, davlatning pozitsiyasida tejamkor texnologiyalarga ötişda ma’muriy-byurokratik yöldan yurişga moyillik seziladi. Ya’ni har bir klaster va hudud uçun reja-topşiriq örnatiş, jarayonni hokimlar orqali nazorat qiliş, körsatkiçlarga iqtisodiy samaradorlik emas, byurokratiya vositalarida erişişga istaklar bor. Menimça, eng katta xato ham şu yerda.
Nazarimda, tomçilatib va yomğirlatib suğorişda, aytaylik, quyoş panellarini örnatişdagi kampaniyabozlik singari irratsionallikka yöl qöyilişi xatarlari mavjud. Umid qilamanki, Savdo-sanoat palatasi mediator ölaroq şu ehtimoliy xatolar haqida qaror qabul qiluvçilarga batafsil ma’lumot yetkazadi.
Şaxsiy fikrim şuki, tejamkor texnologiyalarga qança tez ötişni boşlasak, şunça yaxşi. Lekin bu jarayon ixtiyoriylik, iqtisodiy samaradorlik va bozor qoidalari asosida keçişi kerak. Buning uçun asosiy motivatsiyani allaqaçon eng qimmat resursga aylangan suvning real narxi belgilaşi zarur. Suvning asl narxiga röpara kelgan klaster va fermerni tejamkor texnologiyaga ötişga majburlaşga aslo hojat qolmaydi”, – deya yozdi Otabek Bakirov.

















