Ilgari "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi mahkumlarni uruşga yollaş bilan şuğullangandi. 

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, faqat 2023 yil aprel oyida 10 000 ga yaqin mahbus faol armiya bölinmalari safiga qöşilgan bölişi mumkin. 

Uşbu kampaniya Rossiyada aholi orasida nomaqbul bölgan yangi safarbarlikning oldini oliş uçun xodimlar sonini oşiriş maqsadida boşlangan, deyiladi xabarda.

Avvalroq "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi Rossiyada sport klublari negizida bir neçta yollaş markazlarini oçgandi. Bu haqda 4 mart kuni Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi voqealarini har kuni sarhisob qilib boruvçi Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) ma’lum qilgan. 

Xabarda ta’kidlanganidek, "Vagner" XHKga qabul qiliş punktlari Rostov-Don şahridagi "Antares" sport klubida, Tyumenda boks federatsiyasi binosida, Samarada "Dinamo" sport jamiyati binosida oçilgan. Bundan taşqari, "Vagner guruhi"ning öz ma’lumotlariga köra, Moskvadagi sakkizta sport klubi negizida qabul qiliş markazlari iş boşlagan.

ISW "Vagner" XHK mahbuslarni yollaşdagi tösiqlar tufayli yangi işga qabul qiliş kanalini yaratmoqda, deb hisoblaydi. Prigojin 9 fevraldayoq bu qaror sabablarini tuşuntirmasdan, xususiy harbiy kompaniya mahbuslarni yollaşni butunlay töxtatganini e’lon qildi. Mart oyi boşida u, şuningdek, XHK "şaxsiy tarkib bilan, şu jumladan mahbuslar bilan töldirilişiga yöl qöyilmasligini" aytdi.