Ğoliblar “Omadli tölov” aksiyasi doirasida 1 million sömdan 100 million sömgaça yutib olişdi. Ularni aniqlaş marosimi şu yilning mart oyida bölib ötgandi.

Mobiuz mobil operatori öz abonentlariga quvonç baxş etişda davom etmoqda. Kompaniya nafaqat manfaatli tarif rejalari va xizmatlari bilan, balki pul va boşqa sovrinlarni yutib oliş imkonini beruvçi aksiya va tanlovlar orqali buni uddasidan çiqmoqda.

Kompaniyaning Markaziy ofisida hamda hududlardagi Mobiuz Xizmat körsatiş markazlarida “Omadli tölov” aksiyasi ğoliblariga pul sertifikatlarini topşiriş marosimlari bölib ötdi. Aksiyaning sovrin jamğarmasi 500 million sömni taşkil qildi.

Mobiuz’ning amaldagi va yangi abonentlari uçun “Omadli tölov” aksiyasi uç oy davomida ötkazildi. Mobiuz mobil ilovasi orqali kompaniyaning istalgan abonenti balansini kamida 40 ming sömga töldirganlar aksiya iştirokçisiga aylandi. 2023 yilning mart oyida aksiyaning 84 nafar ğolibini aniqlaş böyiça rasmiy marosim bölib ötdi.

Baxtli insonlarning barça kerakli hujjatlari töplanib, rasmiylaştirilgaç, kuni keça pul sertifikatlari topşirildi. Barça yutuqlar ğoliblarga naqd pulsiz şaklda yaqin kunlarda ötkazib beriladi.

Namangan viloyatidan Islombek S.:

– Bir yil avval Mobiuz’ga ulangandim. “Omadli tölov” aksiyasi doirasida 5 million söm yutib oldim. Men uçun bu kutilmagan voqea böldi, çunki menda ğalaba qozoniş uçun faqat ikkita ID-kod (imkoniyat) bor edi.

Qaşqadaryo viloyatidan Otabek H.:

- Kompaniya vakillari mart oyida jonli efirda ğoliblarni aniqlaş bölayotganda menga qönğiroq qilişgan ekan, lekin ma’lum sabablarga köra qönğiroqqa javob bera olmagandim. Keyinroq kompaniyadan boğlanib, 100 million söm yutib olganimni aytişganida, işonmadim. Ammo bu haqiqat bölib çiqdi. Yutgan mablağni qanday maqsadlarga sarflaşni hali hal qilmadim.

Samarqand viloyatidan Kamoliddin A.:

– 20 million sömlik uçta sovrinni qölga kiritgan ğoliblardan biri böldim. Ançadan beri ota-onamni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborişni orzu qilardim. Sovrin orzum uşalişiga meni yaqinlaştirdi. Mobiuz’ga rahmat aytaman, uning xizmatlaridan 2016 yildan beri foydalanib kelaman.

Surxondaryo viloyatidan Azamat R.: